Ispancha desert «Natil’ya»
Masalliqlar:
-
3 ta tuxum
-
600 millilitr sut
-
80 gramm shakar
-
1 choy qoshiq vanil
-
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
-
6 dona aylana shakldagi pechenyelar
Yo’nalishlar
Natil’ya – bu juda mazali va ommalashgan ispancha shirinlik bo’lib, uni dunyoning ko’pgina nuqtalarida tayyorlashadi.
Uni tayyorlashda xushbo’y hid berish uchun xohlagan mahsulotingizdan foydalanishingiz mumkin, masalan: limon yoki apelsin po’stidan. Bu shirinlikni shunchaki iste’mol qilishga ham, bayramlarda mehmonlarga tortishda ham tayyorlashingiz mumkin.
Masalliqlar:
3 ta tuxum | |
600 millilitr sut | |
80 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
6 dona aylana shakldagi pechenyelar |
Tagi olmaydigan idishga tuxum, shakar, vanil va makkajo'xori kraxmalini solamiz.
Blenderda biroz ezib olamiz.
Sut solib aralashtiramiz. Gaz plitasini past qilib yoqamiz va aralashmamizni ustiga qo'yamiz. 1 soniya ham to'xtamay, kovlab turamiz.
Boshida aralashma ustida oq ko'piklar paydo bo'ladi. Ammo aralashma quyuqlasha boshlagach, oq ko'pikchalar yo'qolib boradi. Bu taxminan, 8-9 daqiqa davom etadi. Olovning past bo'lishi juda muhim, aks holda shirinligimiz uyumlanib qoladi va silliq chiqmaydi.
Ko'piklar batamom yo'qolganidan so'ng, yana bir daqiqa qaynatamiz.
Olovdan olamiz va blender yordamida yaxshilab ko'pirtiramiz. Biroz sovutib, so'ng shisha stakanlarga solib chiqamiz.
Har birini aylana pechenyelar bilan bezatamiz.
Masalliqlar:
3 ta tuxum | |
600 millilitr sut | |
80 gramm shakar | |
1 choy qoshiq vanil | |
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali | |
6 dona aylana shakldagi pechenyelar |