Ismaloqli turkcha oladyalar
Masalliqlar:
-
300 gramm ismaloq
-
50 gramm un
-
1 ta tuxum
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
100 gramm piyoz
-
1 bog' petrushka
-
100 gramm brinza
-
ta'bga ko'ra murch
Yo’nalishlar
Ismaloqli oladyalarni deyarli har qanday turk ayoli tayyorlaydi. Turkiyada bunday oladyalar juda mashhur taom hisoblanadi. Ismaloq tarkibida foydali moddalar va mikroelementlar mavjud.
Tayyorlanishi jihatidan ular oddiy oladyalardan deyarli farq qilmaydi, ammo ular tarkibida sut mahsulotlari mavjud emas. Bunday oladyalar tez tayyor bo’lishi tufayli siz ularni bemalol nonushta yoki tushlikdan keyingi yegulik sifatida tayyorlashingiz mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 18 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
300 gramm ismaloq | |
50 gramm un | |
1 ta tuxum | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
100 gramm piyoz | |
1 bog' petrushka | |
100 gramm brinza | |
ta'bga ko'ra murch |
Ismaloqni yuvib, quritib, katta-katta qilib to'g'raymiz.
Piyoz va petrushkani mayda qilib to'g'raymiz.
Brinzani qirg'ichning katta tishidan o'tkazamiz.
Tovani gazga qo'yib, O'simlik yog'i quyib, qizdiramiz.
Qizigan yog'ga piyoz solib, 5 daqiqa qovuramiz. So'ngra ismaloq solib, aralashtiramiz va yana 5 daqiqa qovuramiz.
Ismaloq va piyozli aralashmani idishga solib, sovutamiz. Murch sepib aralashtiramiz.
So'ngra petrushka, brinza, tuxum va un solib, bir xil quyuq xamir hosil bo'lgunicha aralashtiramiz.
Xamirni qizigan tovaga 1 osh qoshiqdan solib, o'rtacha olovda ikki taraflama 5 daqiqadan qizarib qarsildoq qobiq hosil qilgunicha qovuramiz.
Masalliqlar:
300 gramm ismaloq | |
50 gramm un | |
1 ta tuxum | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
100 gramm piyoz | |
1 bog' petrushka | |
100 gramm brinza | |
ta'bga ko'ra murch |
2 Sharhlar Hide Comments
Brinza õrniga nima ishlatsa boladi
Assalomu alaykum, pishloq solsangiz bo’ladi.