Ismaloq va qo’ziqorinli sho’rva
Masalliqlar:
-
2 litr suv
-
450 gramm kartoshka
-
200 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar
-
150 gramm piyoz
-
100 gramm ismaloq
-
100 gramm qizil sabzi
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
istalgan ko'katlar
Yo’nalishlar
Biz ismaloq va qo’ziqorinli oson, sog’lom, boy va mazali sho’rva retseptini taklif etamiz. Ajoyib hid va mazali ko’rinishga ega ushbu sho’rva sog’lig’iga g’amxo’rlik qiladiganlar uchun juda yaxshi.
Axir ismaloq tarkibida oqsil borligi sababli juda to’yimli hisoblanadi. Oqsil tez hazm bo’ladi va uzoq vaqt to’q tutadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 26 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
2 litr suv | |
450 gramm kartoshka | |
200 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar | |
150 gramm piyoz | |
100 gramm ismaloq | |
100 gramm qizil sabzi | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
istalgan ko'katlar |
Idishga 2 litr suv solib, olovga qay chiqqunicha qo'yamiz.
Kartoshkani tozalab, yuvamiz va bo'laklarga kesib olamiz, qaynab turgan suvga solib va qaynab turgan paytidan boshlab taxminan 10-12 daqiqa davomida pishiramiz (pishgunicha).
Eslatma: pishirish vaqti kartoshka turiga va bo'laklarning hajmiga bog'liq.
Piyoz va sabzini po'stidan tozalab, yuvamiz va mayda qilib to'g'raymiz.
Qo'ziqorinni ta'bga ko'ra to'g'raymiz.
Ismaloqni yuvib quritamiz va ingichka uzunchoq qilib to'g'raymiz.
Tovaga o'simlik yog'ini quyib, qizdiramiz. So'ngra piyoz va sabzini solib, o'rtacha olovda 10 daqiqa aralashtirib turgan holda shaffof tusga kirgunicha qovuramiz.
So'ngra qo'ziqorin solib, past olovda pishgunicha qovuramiz (tahminan 7-8 daqiqa).
Ismaloq solib, aralashtiramiz va yana 2-3 daqiqa past olovda pishiramiz.
Kartoshka pishgan idishga qovurilgan sabzavotlarni solib, tuz va murch sepamiz. Olovga qo'yib, sho'rvani qaynab chiqqanidan so'ng yana 5 daqiqa pishirib, olovini o'chiramiz.
Masalliqlar:
2 litr suv | |
450 gramm kartoshka | |
200 gramm yangi uzilgan qo'ziqorinlar | |
150 gramm piyoz | |
100 gramm ismaloq | |
100 gramm qizil sabzi | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
istalgan ko'katlar |