fbpx
Ikki xil rangli «Stolichniy» keksi

Ikki xil rangli «Stolichniy» keksi

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Shirin pishiriqlarni sevuchilar, ehtimol, bolalikdagi eng mashhur lazzatlardan biri bo’lgan «Stolichniy» keksi ta’mini eslashadi.

Hozir pishiriqlar tanlovi juda xilma-xil bo’lib ketganiga qaramay, ko’pchilik yana o’zlarining sevimli shirinliklarining ta’mini his qilishni istashadi.

U eng oddiy mahsulotlardan tayyorlanib, havodor va uvalanuvchan bo’lib pishadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. *

narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm un
180 gramm shakar
200 gramm yumshatilgan sariyog' yoki margarin
2 ta tuxum
100 gramm quyultirilgan sut
2 choy qoshiq kakao kukuni
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
50 gramm tozalangan yeryong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratidagi sariyog'ni shakar bilan mikser yordamida ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Bittadan tuxum solib, har biridan so'ng yaxshilab ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ngra quyultirilgan sut solib, yana ko'pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Unga qabartma solamiz va unli massani xamirga oz-ozdan solib, aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni 2 ga bo'lib, bittasiga yeryong'oq solib, aralashtiramiz. Ikkinchisiga 2 choy qoshiq kakao solib, aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

10 ga 20 smli qolipga pergament qog'ozini solib, birinchi to'q rangli xamirni solamiz. Ustini tekkislab, so'ngra och rangli xamirni solamiz.

Qadam 7
Tugallandi

160 C darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqa pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 80 daqiqa
  • Portsiya 6
  • O’rtacha
  • 160 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm un
180 gramm shakar
200 gramm yumshatilgan sariyog' yoki margarin
2 ta tuxum
100 gramm quyultirilgan sut
2 choy qoshiq kakao kukuni
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
50 gramm tozalangan yeryong'oq
oldingi
Videoretsept: fokachcha art
keyingi
Qo’ziqorin va bodringli salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.