Pesto qaylasi bilan tayyorlangan gulchambar
Masalliqlar:
-
250 millilitr iliq sut
-
2 ta tuxum
-
4 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
1 choy qoshiq tuz
-
1 osh qoshiq shakar
-
500 gramm un
-
11 gramm quruq xamirturush
-
200 millilitr pesto qaylasi
Yo’nalishlar
Oshirma xamirdan tayyorlaniladigan bu gulchambar, nonga ham, pirogga ham o’xshab ketadi. Bunday pishiriqni pesto qaylasi bilan pishirishga urinib ko’ring va uyingizni Italiyaning iforiga to’ldiring.
Bunday pishiriqni salatlar bilan yeyish mumkin. Quyidagi masalliqlardan aylanasi 28 sm li katta gulchambar chiqadi. Agar siz xohlasangiz, uni kichkinaroq, bir nechta bo’laklarga bo’lib tayyorlang
Pesto qaylasini qanday tayyorlashni bu yerda bilib olishingiz mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m pul sarfaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 millilitr iliq sut | |
2 ta tuxum | |
4 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq shakar | |
500 gramm un | |
11 gramm quruq xamirturush | |
200 millilitr pesto qaylasi |
Iliq sutga shakar va xamirturushni solib aralashtiramiz. 15 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.
Aralashma usti ko'pirib chiqsa, demak xamirturush faollashgan bo'ladi.
Pesto qaylasidan tashqari barcha masalliqlarni aralashtirib olamiz. Ustidan oparani solamiz.
8-10 daqiqa tinmay aralashtiramiz.
Xamirni ustini sochiq bilan yopamiz va ko'tarilishi uchun 1 soat iliq joyga olib qo'yamiz.
Xamir ikki hissaga ko'tarilishi kerak.
Xamirni olib mushtlaymiz va ustini yopib, yana 20 daqiqaga qoldiramiz.
So'ng xamirni olib, 4-5 mm qalinlikda yoyib olamiz.
Ustiga pesto qaylasini surtib chiqamiz.
Gulchambarni pergament qog'oz to'shalgan patnisga qo'yamiz va sochiq bilan ustini yopib, 10 daqiqaga qoldiramiz.
So'ng uni avval 200 C da 10 daqiqa, keyin haroratni 180 c ga tushirib, 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 millilitr iliq sut | |
2 ta tuxum | |
4 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
1 choy qoshiq tuz | |
1 osh qoshiq shakar | |
500 gramm un | |
11 gramm quruq xamirturush | |
200 millilitr pesto qaylasi |