Goʻsht va sabzavotlar bilan dimlab pishirilgan qizil loviya
Masalliqlar:
-
400 gramm mol go'shti
-
1 stakan qizil loviya
-
200 gramm qizil sabzi
-
200 gramm piyoz
-
400 gramm po'stidan tozalangan pomidor
-
1 ish qoshiq pomidor pastasi
-
200 gramm qizil bulg'or qalampiri
-
taʼbga qarab tuz va murch
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
-
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Yo’nalishlar
Qizil loviya solib pishiriladigan bu taom juda toʻyimli va foydali taom ham hisoblanadi.
Tayyorlaniladigan taomga taxminan 31 000 soʻm sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shti | |
1 stakan qizil loviya | |
200 gramm qizil sabzi | |
200 gramm piyoz | |
400 gramm po'stidan tozalangan pomidor | |
1 ish qoshiq pomidor pastasi | |
200 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
taʼbga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi |
Loviyani bir kecha sovuq suvga ivitib qoʻyamiz.
Keyin tuzli suvda 40 daqiqa past olovda qaynatib pishiramiz.
Goʻshtni oʻrtacha kattalikda toʻgʻrab, yogʻ solingan tovada qizartirib qovuramiz.
Piyozni yarim halqalarga kesib chiqamiz va goʻsht ustidan solib, 5 daqiqa birga qovuramiz.
Qizil bulgʻor qalampiri va sabzini qayroqcha shaklida toʻgʻraymiz va tovaga solamiz. 7-10 daqiqa birga qovurib pishiramiz.
Poʻsti tozalangan pomidorlarni toʻrtburchak qilib toʻgʻraymiz va tovaga solamiz.
Maydalangan sarimsoqpiyoz, pomidor pastasi, tuz va murch solib aralashtiramiz.
Ustidan qaynatilgan Loviyani solamiz, qopqogʻini yopib, 10 daqiqa dimlab pishiramiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shti | |
1 stakan qizil loviya | |
200 gramm qizil sabzi | |
200 gramm piyoz | |
400 gramm po'stidan tozalangan pomidor | |
1 ish qoshiq pomidor pastasi | |
200 gramm qizil bulg'or qalampiri | |
taʼbga qarab tuz va murch | |
qovurish uchun o'simlik yog'i | |
2-3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi |