fbpx
Go’sht va kartoshkali pirog

Go’sht va kartoshkali pirog

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Mazali va xushbo’y ifori bilan butun uyimizni to’ldiruvchi pirogdan tayyorlab ko’rganmisiz? Yo’q bo’lsa, unda hozir ayni muddao!

Bugun biz ana shunday ajoyib yegulikdan pishirib ko’rdik va sizlarga ham ilindik! Marhamat, tayyoralash jarayoni bilan to’liq tanishib oling!

Masalliqlar:

Xamiriga:
600-700 gramm un
200 gramm margarin yoki sariyog'
200 gramm smetana
150 gramm kefir
1 choy qoshiq qabartma
ta'bga ko'ra tuz
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Asosiga:
300 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta kartoshka
2 ta piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Asosi uchun

Kartoshka va piyozni mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz.

Qiyma bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Asos uchun kerakli barcha masalliqlarni idishga solib aralashtirib olamiz.

Tuz va murchini rostlaymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamiri uchun

Unga tuz va qabartmani solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Muzdek sariyog'ni qirg'ichning katta tishidan chiqaramiz va un bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Ustidan smetana va kefirni solamizda, o'rtacha yumshoqlikdagi qo'lga yopishmaydigan xamir qoramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni ikkiga bo'lamiz: bittasi sal kattaroq.

Kattaroq xamirni olib yoyamiz. Pergament qog'oz tp'shalgan patnisga qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni chetlaridan 2 sm cha joy qoldiramiz va qiymali aralashmani solib, tekislab chiqamiz.

Chetlarini tepaga qayirib chiqamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ikkinchi xamir bo'lagini ham yoyib, pirogni ustini yopamiz.

Chetlarini birlashtiramiz.

Ta'bga qarab bezatamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Ortiqcha havo chiqib ketishi pirogni ustini bir nechta joyini sanchqi yordamida teshib chiqamiz.

Tuxum sarig'ini surtamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Pirogni 40-45 daqiqa davomida 180 C da pishirib olamiz.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 01:00
  • O’rtacha
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
600-700 gramm un
200 gramm margarin yoki sariyog'
200 gramm smetana
150 gramm kefir
1 choy qoshiq qabartma
ta'bga ko'ra tuz
ustiga surtish uchun tuxum sarig'i
Asosiga:
300 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta kartoshka
2 ta piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Mikroto’lqinli pechda pitsa pishirish
keyingi
Videoretsept: Turkcha burek

6 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.