Glyutensiz parhezbop biskottilar
Masalliqlar:
-
185 gramm glyutensiz suli yormasi uni
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
1/4 choy qoshiq tuz
-
3/4 choy qoshiq qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlarmuskat yong'og'i, gvazdika, maydalangan zanjabil va murch aralashmasi
-
1/2 choy qoshiq maydalangan dolchin
-
115 gramm qovoqli pyure
-
2 osh qoshiq qo'ng'ir rangli shakar
-
2 osh qoshiq steviya
-
2 ta tuxum
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
60 gramm quritilgan mevalarmayiz, turshak, quritilgan klyukva
-
60 gramm tozalangan xandon pista
-
Ustiga surtish uchun:
-
1 ta tuxum oqi
-
2 osh qoshiq steviya
-
1 osh qoshiq qo'ng'ir rangli shakar
-
1/4 choy qoshiq qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlarmuskat yong'og'i, gvazdika, maydalangan zanjabil va murch aralashmasi
Yo’nalishlar
Yana bir glyutensiz pishiriq – biskotti retseptini taqdim etamiz. Mazli, qarsildoq va asosiysi semirtirmaydigan bu yegulik katta-yu kichikka birdek yoqadi.
Biskotti juda ham tez tayyorlanilib, shu bilan birga ta’m jihatidan boshqa mazali pishiriqlardan qolishmaydi.
Bir dona pechenyening taxminiy ozuqaviy qiymati: 91 kKal bo’lib, ulardan, oqsillar— 3 gr, yog’lar— 2 gr, uglevodlar esa — 14 gr ni tashkil etadi.
Masalliqlar:
185 gramm glyutensiz suli yormasi uni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
3/4 choy qoshiq qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlar | |
1/2 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
115 gramm qovoqli pyure | |
2 osh qoshiq qo'ng'ir rangli shakar | |
2 osh qoshiq steviya | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
60 gramm quritilgan mevalar | |
60 gramm tozalangan xandon pista | |
Ustiga surtish uchun: |
|
1 ta tuxum oqi | |
2 osh qoshiq steviya | |
1 osh qoshiq qo'ng'ir rangli shakar | |
1/4 choy qoshiq qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlar |
Suli yormasi unini elab olamiz, ustidan qabartma, iste'mol sodasi, tuz, dolchin va qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlani solib, aralashtirib olamiz. Mikserning xamirga mo'ljallangan uchligida aralashtirib olamiz.
Qovoqli pyure, shakar va steviyani solib, yana mikserda 2-3 daqiqa aralashtirib olamiz. So'ng tuxum va vanil shakarini soling.
Massa silliq holga kirgandan so'ng, xandon pista va quruq mevalarni solib, qoshiqda aralashtirib olamiz. Aralashma juda yopishqoqligi sabab ham, endilikda oziq-ovqat pelyonkasidan foydalanamiz.
Xamirni oziq-ovqat pelyonkasiga solib, undan 2-3 sm qalinlikdagi to'rtburchak shakl yasab olamiz.
Pergament qog'ozni gaz patnisiga to'shaymiz, ustidan esa yelim xaltadagi xamirni qo'yamiz, bunda pergament qog'oz xamirning ostida, oziq-ovqat pelyonkasi esa uning ustida bo'lishi kerak. Ehtiyotkorlik bilan pelyonkani olib tashlaymiz.
Qo'ng'ir rangli shakar, steviya, dolchin va ziravorlarni aralashtirib, xamir ustidan sepib chiqamiz.
165 C darajada qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz. So'ng olib, 15 daqiqa sovutamiz.
Sovigan pishiriqni 1 sm qalinlikda uzunasiga kesib chiqamiz. Agarda sizga yumshoqroq pechenyelar yoqsa, unda shu holda iste'mol qilsangiz bo'ladi, Ammo bu haqiqiy biskotti bo'lmaydi.
Biskottilar yanada qarsildoq bo'lsin desangiz, unda ularni gaz pechi panjarasiga terib, yana 20-25 daqiqa davomida pishirib oling.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
185 gramm glyutensiz suli yormasi uni | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1/4 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1/4 choy qoshiq tuz | |
3/4 choy qoshiq qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlar | |
1/2 choy qoshiq maydalangan dolchin | |
115 gramm qovoqli pyure | |
2 osh qoshiq qo'ng'ir rangli shakar | |
2 osh qoshiq steviya | |
2 ta tuxum | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
60 gramm quritilgan mevalar | |
60 gramm tozalangan xandon pista | |
Ustiga surtish uchun: |
|
1 ta tuxum oqi | |
2 osh qoshiq steviya | |
1 osh qoshiq qo'ng'ir rangli shakar | |
1/4 choy qoshiq qovoqli pirogga mo'ljallangan ziravorlar |