fbpx
Videoretsept: Gaz pechida pishirilgan shokoladli ponchiklar

Videoretsept: Gaz pechida pishirilgan shokoladli ponchiklar

Masalliqlar:

  • ustiga

Yo’nalishlar

Ponchiklar – bolalar va kattalarning eng sevimli shirinliklaridan biri.

Yog’da qovurilmaydigan, aksincha pechda pishiriladigan ajoyib ponchiklar retseptini taqdim etamiz.

Shokoladning ajoyib tami ponchiklarni yanada mazaliroq qiladi va ushbu yog’da qovurilmagan ponchiklar sizning taomnomangizdan tez-tez tayyorlanib turadigan shirinliklar sirasidan joy oladi.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm sariyog'
150 gramm shakar
2 ta tuxum
190-200 gramm un
20 gramm kakao kukuni
120 gramm iliq sut
6 gramm qabartma
ta'bga ko'ra vanil shakari
bir chimdim tuz
ustiga
100 gramm sutli yoki achchiq shokolad
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
ta'bga ko'ra sepish uchun bezaklar
Qadam 1
Tugallandi

Ponchiklar uchun mo'ljallangan qolipni yog'lab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Unni kakao kukuni, qabartma va tuz bilan aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Sariyog'ni shakar bilan ko'pirtirib olamiz (mikser yordamida 5 daqiqa)

Qadam 4
Tugallandi

Aralashtirish jarayonida tuxum va vanil shakarini qo'shamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra unli massa va iliq sutni navbatma-navbat solib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirni qandolat qopchasiga solib, qopcha burchagini kesamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Xamirni yog'langan qoliplarga quyib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 25 daqiqa pishirib olamiz. Ponchiklar pishganini taxta tayoqchalar yordamida tekshiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Shokoladni bo'lakchalarga bo'lib, ustidan qaynab turgan qaymoqni quyamiz. Yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 9
Tugallandi

Sovugan ponchiklar ustidan shokoladli massani quyib, bezaklar bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • Portsiya 12
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
100 gramm sariyog'
150 gramm shakar
2 ta tuxum
190-200 gramm un
20 gramm kakao kukuni
120 gramm iliq sut
6 gramm qabartma
ta'bga ko'ra vanil shakari
bir chimdim tuz
ustiga
100 gramm sutli yoki achchiq shokolad
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
ta'bga ko'ra sepish uchun bezaklar
oldingi
Vengriyacha go’shtli quymoqlar
keyingi
Pergament qog’ozida sabzavotlar bilan pishirilgan tovuq oyoqchalari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.