Foydali suli bo’tqasini qanday tayyorlash mumkin
Masalliqlar:
-
50 gramm suli parchalari
Yo’nalishlar
Suli yormasidan tayyorlangan bo’tqa ko’pchilikning asosiy nonushta hisoblanadi desak adashmaymiz. Aynan mana shu bo’tqa tarkibidagi oziq-ovqat tolalari oshqozon-ichak traktini barqarorlashtirib, ichak devorlaridan keraksiz birikmalarni olib tashlaydi.
Suli bo’tqa o’zida В1, В2, Е, Н va РР guruh vitaminlarini, shuningdek, kalsiy, kaliy, magniy, rux, temir, fosfor va natriylarni o’zida saqlaydi.
Muhim! Qadog’ida qaynatish muddati 10 daqiqa bo’lgan suli parchalaridan xarid qiling va uni qaynatmasdan, aksincha qaynoq suv quyib, ivitib qo’ing. Anan shunda bunday bo’tqa o’zining foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 1 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
50 gramm suli parchalari |
Suli parchalarini yuvib, ustidan qaynoq suv quyamiz va ustini yopib, 10 daqiqaga qoldiramiz.
Tayyor bo'tqani likopchaga olamiz. Xohishga qarab ustidan yogurt, mevalar, yong'oqlar solib bezatamiz.
Bunday usulda tayyorlangan bo'tqaning suli parchalari biroz yo'g'onroq bo'lib, ular ichak devorlarini tozalab, qorinni uzoq muddat davomida to'q tutadi.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
50 gramm suli parchalari |