«Dulce De Leche» karamelli qaylasi
Masalliqlar:
-
250 gramm shakar
-
1 litr sut
-
1 dona vanilin qo'zog'i (struchkasi)yoki 1 choy qoshiq vanil shakari
-
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
-
1 osh qoshiq suv
Yo’nalishlar
Dulce De Leche — Lotin Amerikasidagi eng ommalashgan qaylalardan biri bo’lib, bunday qayla sut yordamida tayyorlaniladi.
Bunday qaylani muzqaymoqlarga, vafli va har xil shirinliklarga toping sifatida ishlatish yoki o’zini qoshiq bilan iste’mol qilish mumkin.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 gramm shakar | |
1 litr sut | |
1 dona vanilin qo'zog'i (struchkasi) | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1 osh qoshiq suv |
Sutni qozonchaga quyamiz. Vanil qo'zog'ini pichoq bilan qirib, hammasini sut ustidan solamiz va qaynash darajasiga keltiramiz.
Agar siz vanil shakaridan ishlatmoqchi bo'lsangiz, unda uni keyingi bosqichda ishlatasiz.
So'ng shakar va vanil shakarini solamiz(agar ishlatsangiz).
Suv bilan iste'mol sodasini aralashtirib olamiz va sut ustidan quyamiz.
Aralaahtirib, 60-90 daqiqa quyulgunga qadar qaynatib pishiramiz.
Tayyor karamel ham xuddi klassik karamel rangiga kiradi. Shunda uni shisha bankachaga quyamiz.
Sovish jarayonida u yana quyuqlashadi.
Karamel tayyor!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm shakar | |
1 litr sut | |
1 dona vanilin qo'zog'i (struchkasi) | |
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi | |
1 osh qoshiq suv |