fbpx
Do’mboq quymoqchalar

Do’mboq quymoqchalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yumshoq va do’mboqqina chiqadigan bunday quymoqchalar har kimning ham ishtahasni ochib yuborishi aniq.

Quyidagi masalliqlardan 15 ta quymoqcha hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 5 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi. 

Masalliqlar:

1 stakan kefir
1 stakan un
1 ta tuxum
2-3 osh qoshiq eritilgan sariyog'
1 choy qoshiq vanil
2 osh qoshiq shakar
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq qabartma
qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Tog'orachaga kefir, shakar, eritilgan sariyog', vanil va tuxumni solib aralashtirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un, tuz va qabartmani elab olamiz va suyuq aralashma ustidan solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Silliq bo'lguniga qadar aralashtirmaymiz, nomiga aralashtirib olish darkor.

Qadam 4
Tugallandi

Tovaga ozroq yog' solib, ikkala tomonidan 2 daqiqadan qovurib olamiz. Ehtiyojga qarab, qopqog'ini yopamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 stakan kefir
1 stakan un
1 ta tuxum
2-3 osh qoshiq eritilgan sariyog'
1 choy qoshiq vanil
2 osh qoshiq shakar
bir chimdim tuz
2 choy qoshiq qabartma
qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: Gril tovug’i
keyingi
Qovoqli tart

3 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.