fbpx
Chimchi – koreyscha karamli salat

Chimchi – koreyscha karamli salat

Taomlari:

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Chimchi – koreys oshxonasining eng ommalashgan yeguliklaridan biri hisoblanadi. Tayyorlash jarayoni umuman qiyinchilik tug’dirmaydi va bizlarning afsonaviy retseptimiz bu ishni uddalashingizga ko’maklashadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 15 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

3-4 kilo pekin karami
2 osh qoshiq "alanga" ziravorlar achchiq qalampir, sarimsoqpiyoz va tuz aralashmasi
300-400 gramm tuz
Qadam 1
Tugallandi

Karamlarni ikkiga yoki to'rt bo'lakka bo'lib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Har bir karam qavatini asta-sekinlik bilan ochib tuz sepib chiqamiz. Karamning qalin joylariga tuz ko'proq ketadi.

Qadam 3
Tugallandi

Karamning kesilgan joylarini pastga qilib, kattaroq sirli idishga terib chiqamiz. Ustidan karamning yarmigacha sovuq suv quyamiz va ustini kattaroq lagan bilan yopamiz. So:ng ustidan og'irriq narsa, masalan, suv to'ldirilgan 3 litrli banka qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng karamlarni olib, tuzini yuvib tashlaymiz va o'zimizga qulay kattalikda to'g'raymiz. Qulayroq idishga solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Achchiq qalampir va sarimsoqpiyozni teng hajmda olamiz, qalampirni urug'chalaridan tozalab, sarimsoqpiyoz bilan birga go'shtqiymalagichdan chiqaramiz. So'ng tuz solib aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Karamga qalampirli aralashmamizdan solib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Va bir sutka xona haroratida qoldiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

So'ng tayyor bo'lgan salatni sovutgichga olib qo'yamiz. Chimchi salatini sovutgichda 1 oygacha saqlash mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

3-4 kilo pekin karami
2 osh qoshiq "alanga" ziravorlar achchiq qalampir, sarimsoqpiyoz va tuz aralashmasi
300-400 gramm tuz
oldingi
Qizil lavlagi va yong’oqdan tayyorlangan salat
keyingi
Videoretsept: limonli pechenyelar

1 Sharhlar Hide Comments

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.