fbpx
Chalpak

Chalpak

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Chalpaklar asosan oddiy oshxamirdan tayyorlanib, yupqa yoyiladi va bu yupqa pishiriqlarni ko’proq yog’da qovurib olamiz.

Chalpaklarning kattaligini tovangizning hajmiga qarab yoyasiz.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 5 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

400 gramm un
170 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
1 ta tuxum
2 osh qoshiq+qovurish uchun 200 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Xona haroratidagi suvga tuzni solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Chuqurroq idishga unni solamiz, ortidan tuxum, o'simlik yog'i, tuzli suvni solamiz o'rtacha yumshoqlikdagi oshxamir qoramiz. Yaxshilab mushtlab, ustini yopamiz va 30 daqiqa tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

So'ng xamirni olib, 12-15 ta teng bo'lakchalarga bo'lamiz. Har bir bo'lakchani aylana shaklda yupqa qilib yoyamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Yaxshi qizigan yog'ga solib, ikki tomonidan qovurib olamiz.

Pishgan chalpaklarni likopchaga terib, issiqligida iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm un
170 millilitr suv
1 choy qoshiq tuz
1 ta tuxum
2 osh qoshiq+qovurish uchun 200 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Qush tili
keyingi
Qovurilgan qatlamachalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.