«Buxoro» salati
Masalliqlar:
-
600 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri
-
600 gramm baqlajon
-
250 gramm pomidor
-
150 gramm qizil piyoz
-
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
bir nechta kashnich shoxchalari
-
50 millilitr 10 % li sirka
-
500 millilitr sovuq suv
-
300- 400 millilitr o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Sizga qovurilgan baqlajon, pomidor va bulg’or qalampirili ajoyib, mazali va xushta’m salat tayyorlashni taklif etamiz. Ushbu salat juda qiziqarli , shuningdek oson tayyorlanadi.
Sabzavotlar marinadlangani tufayli, salat g’ayrioddiy, ammo juda jozibali va tetiklantiruvchi ta’mga ega bo’ladi.
Aytgancha, bunday salatni go’shtli taomlarga qo’shimcha sifatida ham dasturxonga tortish mumkin.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 17 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
600 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri | |
600 gramm baqlajon | |
250 gramm pomidor | |
150 gramm qizil piyoz | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
bir nechta kashnich shoxchalari | |
50 millilitr 10 % li sirka | |
500 millilitr sovuq suv | |
300- 400 millilitr o'simlik yog'i |
Bulg'or qalampirilarini katta somoncha shaklida to'g'raymiz. Qizil piyozni halqa shaklida to'g'raymiz.
Pomidor va baqlajonlarni katta bo'laklarga bo'lamiz. Sarimsoqpiyoz va ko'katni maydalaymiz.
Chuqur idishga to'g'ralgan piyoz, bulg'or qalampiri va pomidorlarni solamiz.
Sirka va suv quyib, bir chimdim tuz solamiz. va 15-20 daqiqaga marinadlab qo'yamiz.
O'simlik yog'ini qizdirib, baqlajonni yaxshilab pishgunicha qovurib olamiz.
Qovurilgan baqlajonlarni alohida idishga olib, ustiga ko'katlar va sarimsoqpiyozni solamiz.
Masalliqlar:
600 gramm har xil rangli bulg'or qalampiri | |
600 gramm baqlajon | |
250 gramm pomidor | |
150 gramm qizil piyoz | |
3 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
bir nechta kashnich shoxchalari | |
50 millilitr 10 % li sirka | |
500 millilitr sovuq suv | |
300- 400 millilitr o'simlik yog'i |