fbpx
Bug’da pishirilgan ko’k piyoz va go’shtli rulet

Bug’da pishirilgan ko’k piyoz va go’shtli rulet

Masalliqlar:

  • xamir uchun

  • asosiga

Yo’nalishlar

Bug’da pishirilgan ko’k piyoz va qiymali rulet mantiga o’xshab ketadi, lekin rulet mantidan tez tayyor bo’lishi bilan oldinda turadi.

Ushbu taom yetarli darajada to’yimli va shu bilan birga yengil va suvli bo’lib pishadi.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi-35 000 so'm. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

xamir uchun
300 gramm un
140 millilitr suv
5 gramm tuz
1 ta tuxum
asosiga
200-250 gramm qiyma
100 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga suritish va qovurish uchun o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Unni suv, tuxum va suv bilan aralashtirib, xamir qoramiz. Xamirni paketga solib, 20-25 daqiqaga chetga olib qo'yamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tovada mayda to'g'ralgan piyozni yumshaguniga qadar qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qiyma solib, birgalikda 3-4 daqiqa qovuramiz. Ta'bga ko'ra tuz va murch sepamiz.
Sovutib, ustiga mayda to'g'ralagan ko'k piyozni qo'shamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni 1-2 millimetr qalinlikda yoyamiz. Ustidan o'simlik yog'ini suritamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Yoyilgan xamir ustiga yupqa qilib asosni solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Asosli xamirni rulet shaklida o'rab, o'simlik yog'i suritilgan mantiqasqonga qo'yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qaynab turgan suv ustida 40 daqiqa pishirib olamiz.
Tayyor bo'lgan ruletni smetana yoki boshqa qayla bilan dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

xamir uchun
300 gramm un
140 millilitr suv
5 gramm tuz
1 ta tuxum
asosiga
200-250 gramm qiyma
100 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
ustiga suritish va qovurish uchun o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: bakrabaliqdan steyklar
keyingi
“Grafskie razvalini” torti

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.