Brokkoli va gulkaramdan toblatma
Masalliqlar:
-
250 gramm gulkaram
-
250 gramm brokkoli karami
-
150 gramm qattiq pishloq
-
500 gramm mol go'shtidan qiyma
-
2 bosh piyoz
-
2 ta non bo'lagi
-
100 millilitr iliq sut
-
30 gramm sariyog'
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Gulkaram va brokkolidan tayyorlanilgan toblatma to’yimli kechki taom uchun ajoyib tanlov bo’ladi desak adashmaymiz. Foydali taomlar tayyorlashni istovchilar esa bu taomni albatta tayyorlab ko’rishlari kerak.
Pishirilgan taomga sarflaniladigan pul taxminan — 25 000 so’m.*
*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Masalliqlar:
250 gramm gulkaram | |
250 gramm brokkoli karami | |
150 gramm qattiq pishloq | |
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 bosh piyoz | |
2 ta non bo'lagi | |
100 millilitr iliq sut | |
30 gramm sariyog' | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Brokkoli va gulkaramni yuvib olamiz, bo'laklarga bo'lib, qaynayotgan tuzli suvda 5-10 daqiqa davomida qaynatib olamiz.
So'ng suvini to'kib tashlaymiz.
Qiymani tog'orachaga solib, ustidan mayda to'g'ralgan piyoz, tuxum solib, tuz va murch sepamiz.
Nonni iliq sutga ivitib qo'yamiz.
So'ng olib, sanchiqda ezamiz va qiymaga solib, hammasini yaxshilab aralashtiramiz.
Toblatma pishirishga mo'ljallanilgan qolipni olib, sariyog' surtamiz. Ustidan qiymani solib, tekislab olamiz.
So'ng qiymani ustidan brokkoli va gulkaramni terib chiqamiz.
Ustidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloqni sepib chiqamiz.
Toblatmani 180 C da qizdirilgan gaz pechida 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
250 gramm gulkaram | |
250 gramm brokkoli karami | |
150 gramm qattiq pishloq | |
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 bosh piyoz | |
2 ta non bo'lagi | |
100 millilitr iliq sut | |
30 gramm sariyog' | |
ta'bga qarab tuz va murch |
2 Sharhlar Hide Comments
Ishlatadigan mahsulotlaringizni ham rasmlarini qo’yib borsez yaxshi bulardi. Chunki non deyilgan aynan qanaqasiligini bilmimiz
Assalomu aleykum, Sarvinoz!Bu taom uchun xohlagan turdagi non mahsulotlaridan foydalanish mumkin, masalan: oddiy yopgan non, buxanka noni yoki toster nonlaridan foydalansangiz bo’ladi. Biz toster nonidan ikki bo’lak ishlatdik.