Boloneze pitsa-ruleti
Masalliqlar:
-
100 gramm piyoz
-
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
500 gramm mol go'shtidan qiyma
-
600 gramm pomidor
-
250 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i
-
500 gramm xamirturushli qatlama xamir
-
100 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
-
ta'bga ko'ra tuz va murch
-
bezak uchun rayxon
Yo’nalishlar
Italiyadan pitsaning oddiy retseptini qarshi oling. Oson tayyorlanadigan, mazali va o’zining noodatiy ko’rinishi bilan barchani o’ziga rom etuvchi ajoyib taom.
Albatta tayyorlab ko’ring!
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
100 gramm piyoz | |
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
600 gramm pomidor | |
250 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i | |
500 gramm xamirturushli qatlama xamir | |
100 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
bezak uchun rayxon |
Piyozni mayda to'g'rab, sarimsoqpiyozni maydalaymiz.
Piyoz va sarimsoqpiyozni zaytun moyida qizartirib qovurib olamiz.
Qiyma solib, baland olovda yaxshilab qizargunicha qovuramiz.
Tuz, murch solib,pomidorlarni ajralib chiqqan sharbati bilan solamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng olovini o'rtacha qilib pasaytirib, aralashtirib turgan holda 15 daqiqa pishiramiz.
Qayla quyuqlashishi kerak. Olovdan olib, sovutamiz.
Gaz pechini 220 C darajagacha qizdiramiz.
Motsarellani qirg'ichning yirik tishidan o'tkazamiz.
Gaz pechi patnisini pergament qog'ozi bilan qoplab, yog'laymiz.
Xamirni yupqa qilib yoyib, ustiga go'shtli qaylani quyib, motsarellani sepamiz va ehtiyotkorlik bilan rulet shaklida o'raymiz.
Xamir tugagan joyini yaxshilab bir-biriga yopishtiramiz va yopishgan tomonini pastga qilib, stol ustiga qo'yamiz.
Ruletni qalinligi 2 sm bo'lgan dumaloq shakildagi bo'laklarga bo'lamiz.
Bo'laklarni gaz pechi patnisiga bir-biridan uzoqroq masofada joylashtirib chiqamiz.
Masalliqlar:
100 gramm piyoz | |
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
500 gramm mol go'shtidan qiyma | |
600 gramm pomidor | |
250 gramm pitsaga mo'ljallangan motsarella pishlog'i | |
500 gramm xamirturushli qatlama xamir | |
100 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i | |
ta'bga ko'ra tuz va murch | |
bezak uchun rayxon |