fbpx
Bolalar oshxonada: Xamirli qopchadagi olmalar

Bolalar oshxonada: Xamirli qopchadagi olmalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bolalar bilan tayyorlash bu qiziqarli mashg’ulot bo’lib, ularga bir olam quvonch bag’ishlashi aniq.

Bu retseptda tortiluvchan, o’ziga xos xamirdan foydalanamiz. Bunday xamirdan odatda paxlava va shtrudellar tayyorlashishadi. Bizlar esa bugun bunday xamirdan olmali qopchalar tayyorlaymiz.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 6 000 so’m pul sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

160 gramm un
bir chimdim tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
80 millilitr iliq suv
4-5 ta olmachalar
4-5 choy qoshiq jem
Qadam 1
Tugallandi

Og'irroq tog'orachaga unni solamiz (xamir qorish bolalarga osonroq bo'ladi), tuz sepib, o'rtasiga 1 osh qoshiq o'simlik yog'i va iliq suvni solamiz.

Muhim! Tuz sepishni unutmang, u xamirga o'zgacha ta'm va cho'ziluvchanlik bag'ishlaydi.

Yana bir muhim holat: pazandachilikda iliq suv 36-42 С haroratdagi suv hisoblanadi.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni avval sanchiq bilan aralashtirib oling.

Qadam 3
Tugallandi

Stolga un sepamiz va xamirni qo'yib, qo'lda mushtlab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni qayta tog'orachaga solamiz va qolgan yog'ni ustiga surtamiz.

Ustini pelyonka bilan yopishni unutmaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Olmachalarni yuvib, artamiz.

Dumchalari va ichidagi danaklaridan tozalab olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirdan yong'oqdan sal kattaroq bo'lagini ajratib olamiz va un sepilgan stolga qo'yib yupqa yoyib olamiz.

Yoyayotganda xamirni har zamon ag'darib tursak, u yopishib qolmaydi.

Qadam 7
Tugallandi

Yoygan xamirni olib, qo'lda tortib cho'zamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Yoyilgan xamirni stol ustiga qo'yamiz va qalin chetlarini kesib tashlaymiz.

Qadam 9
Tugallandi

Chetidan chiqqan xamirdan uzun lentachalar yasab olamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Yoyilgan xamir ustiga olmachalardan qo'yib, olmalarning ichiga 1 choy qoshiqdan jem solamiz.

Xamirning uchlarini tepaga qilib birlashtiramiz va uzun lenta yordamida bog'lab olamiz.

Qadam 11
Tugallandi

So'ng ularni pergament qog'oz to'shalgan patnisga teramiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga qo'yib, 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Sovutamiz va iste'mol qilamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

160 gramm un
bir chimdim tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
80 millilitr iliq suv
4-5 ta olmachalar
4-5 choy qoshiq jem
oldingi
Marta Styuartdan o’rikli keks
keyingi
Brinza va baqlajondan tayyorlanilgan to’rtburchaklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.