fbpx
Bodring va xantal solingan tovuq filesidan salat

Bodring va xantal solingan tovuq filesidan salat

Masalliqlar:

  • Aralashmasiga:

Yo’nalishlar

Oddiy masalliqlardan mana bunday ko’rinishdagi ajoyib salatdan tayyorlash mumkinligiga ishonasizmi?

Chia urug’i va xantal donachalari solib pishiriladigan bunday Osiyocha usuldagi salat barchaga yoqadi degan umiddamiz.

Tayyorlaniladigan pishiriqqa taxminan 10 000 soʻm sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

 

Masalliqlar:

300 gramm tovuq filesi
300 gramm bodring
Aralashmasiga:
1.5 choy qoshiq xantal donachalari
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq guruch sirkasi o'rniga oddiy sirka yoki limon sharbatidan solish mumkin
1 choy qoshiq chia urug'i
1 osh qoshiq soya qaylasi
2 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq filesini tuzli suvda 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Alohida idishga aralashmasiga kerakli masalliqlarni barchasini solib aralashtirib olamiz. Sarimsoq piyozni ezib solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Bodringni somoncha shaklda to'g'raymiz. Tovuq go'shtini esa qo'lda bo'laklarga bo'lib tashlaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Hammasini idishga solamiz, ustidan aralashmasini quyib, aralashtirib olamiz.

Ustidan chia urug'ini sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

300 gramm tovuq filesi
300 gramm bodring
Aralashmasiga:
1.5 choy qoshiq xantal donachalari
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
1 choy qoshiq guruch sirkasi o'rniga oddiy sirka yoki limon sharbatidan solish mumkin
1 choy qoshiq chia urug'i
1 osh qoshiq soya qaylasi
2 osh qoshiq zaytun moyi
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
«Grafskie razvalini» torti
keyingi
Qulupnayli muss

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.