Bezega ega olxo’rili pirog
Masalliqlar:
-
xamiriga
-
200 gramm un
-
100 gramm margarin yoki sariyog'
-
50 gramm shakar
-
3 ta tuxum sarig'i
-
1 osh qoshiq muzdek suv
-
asosiga
-
3 ta tuxum oqi
-
200 gramm shakar
-
500 gramm olxo'ri
-
3 osh qoshiq kraxmal
Yo’nalishlar
Ajoyib pirog retsepti – asosini esa o’z ta’bingiz va mavsumga qarab o’zgartiring va har safar oila a’zolaringiz va o’zingizga yoqadigan yangicha ta’mga ega bo’ling.
Ushbu retsept bo’yicha xamirni ko’proq qilib, muzlatgich muzxonasida saqlash mumkin. Pishirishdan bir kun oldin uni muzlatgichga olib qo’ying va asosini tayyorlang, shu bilan birga vaqtingizni tejang.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 11 000 so’m. *
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
xamiriga |
|
200 gramm un | |
100 gramm margarin yoki sariyog' | |
50 gramm shakar | |
3 ta tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq muzdek suv | |
asosiga |
|
3 ta tuxum oqi | |
200 gramm shakar | |
500 gramm olxo'ri | |
3 osh qoshiq kraxmal |
Xamir tayyorlaymiz:
Un, shakar va sovuq sariyog'ni kombayn yordamida mayda uvoq shakliga keltirib olamiz. Agar kombayn bo'lmasa, mikserdan, xamir uchun mo'ljallangan tishlarini qo'ygan holda foydalanishingiz mumkin.
Tuxum sarig'ini qo'shamiz va kombayn (mikser) yordamida xamirni dumaloq shakliga keltirib olamiz. Agar xamir hosil bo'lmasa, muzdek suv qo'shamiz.
Tayyor xamirni yoyib, qolipga joylashtiramiz. Biz diametri 22-24 smli qolipdan foydalandik.
Tavsiya: xamirni yoyayotganda uni 2 ta pergament qog'ozi yoki yopishqoq plyonka orasiga qo'ysa, xamir oson yoyiladi.
Asosini tayyorlaymiz:
Olxo'rini danagidan ajratib, istalgan shaklda to'g'raymiz. Pishganidan so'ng bo'laklari katta bo'lib, qolishi uchun yaxshisi mayda to'g'ramagan ma'qul.
Yoyilgan xamirga kraxmal sepib, ustiga olxo'rilarni qo'yamiz.
Bu issiq gaz pechida olxo'ridan chiqadigan suv oqib ketmay, jelesimon bo'lishi, xamir esa yaxshi pishishi uchun kerak.
Pirog tayyor bo'lganidan so'ng, gaz pechini o'chirib, pirog merengasi cho'kib qolmasligi uchun pech eshigini ochiq qoldirgan holda sovutamiz.
Yoqimli ishtaha!
Rasmiy instagram sahifasi:artel_official
Rasmiy instagram sahifasi (uy uchun kichik jihozlar):artel_mbt
Reklama huquqi ostida
Masalliqlar:
xamiriga |
|
200 gramm un | |
100 gramm margarin yoki sariyog' | |
50 gramm shakar | |
3 ta tuxum sarig'i | |
1 osh qoshiq muzdek suv | |
asosiga |
|
3 ta tuxum oqi | |
200 gramm shakar | |
500 gramm olxo'ri | |
3 osh qoshiq kraxmal |