Beyti kebab
Masalliqlar:
-
400 gramm mol go'shtidan qiyma
-
2 ta lavash
-
1 bosh piyoz
-
1 bog' petrushka yoki kashnich
-
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
1 osh qoshiq pomidor pastasi
-
100 gramm pishloq
-
100 gramm smetana
-
1 dona pomidor
-
100 millilitr suv
Yo’nalishlar
Beyti kebab — o’zining ko’rinishi bilan ishtahani qitiqlaydigan, bir mata ta’tib ko’rgandan so’ng undan yana va yana iste’mol qilging kelaveradigan turkcha taomlardan biridir.
Bu taom juda to’yimli bo’lib, agarda unga qo’shimcha garnir pishirilsa, mazali tushlik ham tayyor deyavering!
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 38 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 ta lavash | |
1 bosh piyoz | |
1 bog' petrushka yoki kashnich | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
100 gramm pishloq | |
100 gramm smetana | |
1 dona pomidor | |
100 millilitr suv |
Piyoz va kashnichni mayda to'g'rab, qiyma ustidan solamiz. Sarimsoq piyozni maydalab ham solamiz. Tuz va murch sepamiz.
Aralashtirib, qiymani cho'pchalarga terib, kabobchalar yasaymiz. 170 C darajada qizigan pechda 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Pomidorli qaylasini tayyorlab olamiz.
Pomidorni qirg'ichdan chiqarib, qozonchaga solamiz. Pommidor pastasi va suvni solib, gazga qo'yamiz. Biroz quyulguniga qadar, taxminan, 5-7 daqiqa davomida qaynatamiz.
Kaboblarni cho'pchalaridan ajratib, lavashga o'rab chiqamiz. 2-3 sm qalinlikda kesib chiqib, pech patnisiga terib chiqamiz. Pomidorli qaylani ustidan quyib, qirilgan pishloqni ham sepamiz.
Ularni yana pechga tiqib, 5 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Smetana va pomidorli qayla bilan birga dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
400 gramm mol go'shtidan qiyma | |
2 ta lavash | |
1 bosh piyoz | |
1 bog' petrushka yoki kashnich | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
1 osh qoshiq pomidor pastasi | |
100 gramm pishloq | |
100 gramm smetana | |
1 dona pomidor | |
100 millilitr suv |