Beshbarmoq
Masalliqlar:
-
1200 gramm qo'y go'shtiyoki ot go'shti
-
1200 gramm mol go'shti
-
1-2 bosh piyoz
-
1 dona sabzi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
300 gramm qazi
-
Xamiriga:
-
320-350 gramm un
-
1 dona tuxum
-
100 millilitr sho'rva bulyoni
-
1 choy qoshiq tuz
Yo’nalishlar
Beshbarmoq taomidan siz hali umuman tayyorlab ko’rmagan bo’lsangiz, unda hozirgi retseptimiz sizga ko’makchi bo’lishi shubhasiz.
O’z qo’llaringiz bilan pishirgan beshbarmoq yanada lazzatliroq ta’mda chiqadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 100 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1200 gramm qo'y go'shti | |
1200 gramm mol go'shti | |
1-2 bosh piyoz | |
1 dona sabzi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
300 gramm qazi | |
Xamiriga: |
|
320-350 gramm un | |
1 dona tuxum | |
100 millilitr sho'rva bulyoni | |
1 choy qoshiq tuz |
Qozonga go'sht, piyoz, sabzini solamiz, ustidan 2 litr sovuq suv quyamiz.
Gaz ustiga qo'yib, kamida 2-3 soat qaynatib pishiramiz.
Vaqt-vaqti bilan, ustidagi ko'pigini olib tashlaymiz.
Tayyor bo'lishidan yarim soat oldin, tuz va murch sepamiz.
Tog'orachaga un, tuxum, qaynatilayotgan sho'rva bulyoni va tuzni solib, qattiqroq, qo'lga yopishmaydigan xamir qorib olamiz.
Xamirni ustini yopib, 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.
Tingan xamirni olib, 1.5-2 mm qalinlikda yoyib olamiz va 5-7 sm kattalikda to'rtburchak yoki rombsimon shaklda kesib chiqamiz.
Xamirlarni yoyib, 20 daqiqaga biroz qurishi uchun qoldiramiz.
Bulyon ustidan yog'larini olib, kichkina qozonchaga solamiz. Ustidan piyozni yupqa parrak qilib to'g'rab solamiz va yumshagunicha pishiramiz. So'ng shu piyozli aralashmani bulyonning ichiga solamiz.
Bulyondan pishgan go'shtlarini olamiz va xamirlarni solib, 1-2 daqiqa davomida qaynatib pishiramiz.
Pishgan xamirni kattaroq laganga solamiz, ustidan go'shtni to'g'rab yoki butunligicha solamiz.
Taom ustini qazi bo'laklari va to'g'ralgan piyoz bilan bezatamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1200 gramm qo'y go'shti | |
1200 gramm mol go'shti | |
1-2 bosh piyoz | |
1 dona sabzi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
300 gramm qazi | |
Xamiriga: |
|
320-350 gramm un | |
1 dona tuxum | |
100 millilitr sho'rva bulyoni | |
1 choy qoshiq tuz |