fbpx
Batafsil fotoretsept: Turkcha paxlava

Batafsil fotoretsept: Turkcha paxlava

Taomlari:

    Masalliqlar:

    • Qiyomiga:

    • Xamiriga:

    • Asosiga:

    • Ustiga:

    Yo’nalishlar

    Siz biron marta turkcha paxlavadan tayyorlab ko’rganmisiz? Unda shoshiling, biz bugun shunday ajoyib shirinlikdan tayyorladik. Og’izda erib ketuvchi bu shirinlik, sizning pazandachilik san’atidagi ochilmagan qirralaringizni ochib berishi shubhasiz!

    Baklava deb nomlaniluvchi bu pishiriq turk oshxonasining eng sevimli shirinliklari qatoriga kirishi bejiz emasdir. Shunday ekan kelinglar, endi ishni boshlasak! Asosiysi, kayfiyatimizni ko’tarib olamiz, chunki yaxshi kayfiyat mazali taom garovi sanaladi!

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    Qiyomiga:
    2 piyola shakar
    2 piyola suv
    5 tomchi limon sharbati
    Xamiriga:
    3 piyola un
    2 ta tuxum
    100 millilitr sut
    100 gramm eritilgan sariyog'
    bir chimdim tuz
    1 osh qoshiq 9% li sirka
    0.5 choy qoshiq qabartma
    150 gramm kraxmal
    Asosiga:
    200 gramm maydalangan yong'oq
    Ustiga:
    100 gramm eritilgan sariyog'
    bezatish uchun tozalangan xandon pista
    Qadam 1
    Tugallandi

    Qiyomni tayyorlab olamiz

    Shakar bilan suvni aralashtirib, gaz pechi ustiga qo'yamiz, yaxshilab aralashtiramiz va qaynash darajasiga keltiramiz.

    Qaynab chiqqanidan so'ng 5 tomchi limon sharbatidan tomizamiz va 10 daqiqa o'rtacha olovda qaynatamiz.

    Tayyor qiyomni chetga olib qo'yamiz.

    Qadam 2
    Tugallandi

    Endi esa xamirni tayyorlashga o'tamiz.

    Idishga un, qabartma va tuzni solib aralashtirib olamiz.

    Qadam 3
    Tugallandi

    So'ng ustidan eritilgan sariyog', sut, tuxum, sirkani solib o'rtacha yumshoqlikda xamir qoramiz.

    Qadam 4
    Tugallandi

    Xamirni 24 ta bo'lakchalarga bo'lib olamiz va ustini yopib tindirib qo'yamiz

    Qadam 5
    Tugallandi

    Xamirlarni olib, yaxshilab kraxmalga botiramiz va yoya boshlaymiz.

    Likopcha kattaligida yoyib, xohlasangiz 3-4 tasini ustma-ust qo'yib, yupqa yoying.

    Kraxmalga yaxshilab belab olsangiz, ular yopishmaydi.

    Qadam 6
    Tugallandi

    Xamirlarni iloji boricha juda ham yupqa yoyamiz, qanchalik yupqa bo'lsa, shunchalik mazali chiqadi.

    Qadam 7
    Tugallandi

    Gaz pechi patnisini yoki qolip olamiz va ichiga sariyog' surtib chiqamiz.

    Xamirni 12 tasini qolipga ustma-ust terib chiqamiz.

    Qadam 8
    Tugallandi

    12-qavat ustidan maydalangan yong'oqni sepamiz.

    Qadam 9
    Tugallandi

    Yana qolgan 12 ta xamirlarni ham yoyib olamiz va ustma-ust terib chiqamiz.

    Qadam 10
    Tugallandi

    Pishirig'imiz ustini pichoq bilan 4x4 sm kattalikda to'rtburchak shaklda kesib chiqamiz.

    Qadam 11
    Tugallandi

    Ustidan eritilgan sariyog'ni iloji boricha hamma joyiga quyib chiqamiz.

    Eslatma: eritilgan sariyog' ostida oqimtir modda, ya'ni uning qaymog'i hosil bo'ladi. Ana shu qaymog'ini iloji boricha ishlatmaslikka harakat qiling, aks holda u pishirish jarayonida qorayib qoladi va paxlavamizga chiroyli bo'lmagan ko'rinish baxsh etadi.

    Qadam 12
    Tugallandi

    Paxlavamizni 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida taxminan 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

    Paxlava usti chiroyli och tillarangga kirsin, ko'proq pishirib yubormang.

    Qadam 13
    Tugallandi

    Pishgan paxlavani qaynoqligida ustidan sirop quyamiz, xandon pistani maydalab ustini bezatamiz.

    Paxlava qaylani shimib olgunicha chetga olib qo'yamiz.

    Qadam 14
    Tugallandi

    Paxlavamizni olib dasturxonga tortishingiz mumkin, yoqimli ishtaha!

    Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

    Muallif: Sitora

    • Portsiya 10
    • O’rtacha
    • 180 C

    Share it on your social network:

    Or you can just copy and share this url

    Masalliqlar:

    Portsiya:
    Qiyomiga:
    2 piyola shakar
    2 piyola suv
    5 tomchi limon sharbati
    Xamiriga:
    3 piyola un
    2 ta tuxum
    100 millilitr sut
    100 gramm eritilgan sariyog'
    bir chimdim tuz
    1 osh qoshiq 9% li sirka
    0.5 choy qoshiq qabartma
    150 gramm kraxmal
    Asosiga:
    200 gramm maydalangan yong'oq
    Ustiga:
    100 gramm eritilgan sariyog'
    bezatish uchun tozalangan xandon pista
    oldingi
    Videoretsept: Tovuqli shnitsel
    keyingi
    Lavashdan tayyorlangan vap-rulet

    17 Sharhlar Hide Comments

    Izohingizni yozib qoldiring

    Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.