Baqlajonli ikra
Masalliqlar:
-
4 ta baqlajon
-
4 ta qizil bulg'or qalampiri
-
2 ta piyoz
-
2 ta qizil sabzi
-
4-5 ta pomidor
-
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
ta'bga qarab tuz va murch
-
1 choy qoshiq shakar
-
100 millilitr o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Baqlajonli ikra ko’pchilikning eng sevimli yeguliklaridan biri bo’lib, deyarli hamma uni qishga yopib qo’yishga harakat qiladi.
Ko’pchilikning o’z tayyorlaydigan retsepti bo’lib, ular turlichadir. Bugun bizlar ham sizlarga baqlajonli ikraning eng ishonchli, shu bilan birga mazali retseptini sizlarga taqdim etamiz.
Quyidagi masalliqlardan 1 litr tayyor ikra chiqadi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m pul sarflaniladi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
4 ta baqlajon | |
4 ta qizil bulg'or qalampiri | |
2 ta piyoz | |
2 ta qizil sabzi | |
4-5 ta pomidor | |
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq shakar | |
100 millilitr o'simlik yog'i |
Barcha masalliqlarni yuvib, artamiz va pomidordan tashqari barchasini mayda to'rtburchak qilib to'g'rab olamiz.
Qozonga o'simlik yog'ini solib qizdiramiz.
Avval piyozni solib sal qizartirib olamiz.
So'ng bulg'or qalampiri va sabzini solib, o'rtacha olovda 3-5 daqiqa qovuramiz.
Sabzavotlar yaxshilab qovurilganidan so'ng, baqlajonni solamiz va sharbatini chiqarisi uchun ozroq tuz sepamiz.
Taxminan 5 daqiqa qovuramiz.
Pomidorlarni qirg'ichdan chiqaramiz. Po'sti qo'lingizda qolsin.
Qozonga solib, qaynash darajasiga keltiramiz. Qopqog'ini yopib, 40 daqiqa dimlab pishiramiz.
Ikraning tayyor bo'lishi sabzavotlarga va ularning miqdoriga ham bog'liq.
Agarda ikranng ustidan yog' tomchilari hosil bo'lsa, demak ikra deyarli tayyor.
Shu bosqichda, tuz, shakar, murch va maydalangan sarimsoqpiyozni solib aralashtiramiz.
Qopqog'ini yopib, yana 10 daqiqa pishiramiz.
Masalliqlar:
4 ta baqlajon | |
4 ta qizil bulg'or qalampiri | |
2 ta piyoz | |
2 ta qizil sabzi | |
4-5 ta pomidor | |
4-5 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
ta'bga qarab tuz va murch | |
1 choy qoshiq shakar | |
100 millilitr o'simlik yog'i |
4 Sharhlar Hide Comments
Masalliqlar hajmi ko’rsatilmagan, o’rtacha 10 kg.ga qancha masalliq ketishligi haqida ma’lumot bering iltimos
Assalomu aleykum! Uzr, masalliqlar ro’yxatini qo’shib qo’ydik. Agarda siz 10 litr tayyor ikraga erishmoqchi bo’lsangiz, unda yuqoridagi masalliqlarni 10 ga ko’paytiring.
Qancha masalliq ro’yhati yozilmabdi
Assalomu aleykum! E’tiboringiz uchun rahmat, qo’shib qo’ydik!