Baqlajonli gazak
Masalliqlar:
-
2 ta baqlajon
-
200 gramm tvorogli pishloq
-
100 gramm maydalangan yong'oq
-
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
2 shoxcha ko'k piyoz
-
1/4 bog' kashnich
-
1/4 bog' shivit
-
ta'bga qarab tuz va murch
Yo’nalishlar
Baqlajonlardan tayyorlaniladigan oddiy va juda mazali gazak bir zumda tayyorlanib, ta’mi bilan e’tiboringizga tushishi aniq.
Baqlajonlar to’yimliligi, mazasi va hamyonbop narxi sabab ham allaqachon ko’pchilikning sevimli sabzavotiga aylanib ulgurgan.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 36 000 so’m pul sarflanadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.
Masalliqlar:
2 ta baqlajon | |
200 gramm tvorogli pishloq | |
100 gramm maydalangan yong'oq | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 shoxcha ko'k piyoz | |
1/4 bog' kashnich | |
1/4 bog' shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch |
Baqlajonlarni yuvib, uzunasiga kesib chiqamiz.
Baqlajonlarni yog'da ikkala tomonini qovurib olamiz. Tuz va murch sepamiz.
Tvorogli pishloq, maydalangan yong'oq va sarimsoq piyozni aralashtirib olamiz.
Ko'katlarni ham to'g'rab, tvorogli massaga solamiz. Tuz va murch sepib, aralashtirib olamiz.
Qovurilgan baqlajonlarga tvorogli aralashmadan surtib, ruletsimon hsaklda o'rab chiqamiz.
Ko'katlar bilan bezatib, dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
2 ta baqlajon | |
200 gramm tvorogli pishloq | |
100 gramm maydalangan yong'oq | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
2 shoxcha ko'k piyoz | |
1/4 bog' kashnich | |
1/4 bog' shivit | |
ta'bga qarab tuz va murch |