fbpx
Baqlajon va pomidorlar bilan dimlab pishirilgan go’shtli taom

Baqlajon va pomidorlar bilan dimlab pishirilgan go’shtli taom

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Baqlajonlar bilan dimlab pishirilgan bu taomning go’shti juda yumshab pishadi. Kavkaz oshxonasiga tegishli bu taom sizga ham yoqishi aniq.

Bu taomni tayyorlashda albatta qozondan foydalanish lozim.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 43 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

600 gramm mol go'shti
2-3 dona baqlajon
2 ta bulg'or qalampiri
2 ta piyoz
4 ta pomidor
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab achchiq qalampir
ta'bga qarab tuz
yarim bog' petrushka yoki kashnich
4-5 osh qoshiq o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Go'shtni o'rtacha kattalikda, to'rtburchak shaklda to'g'rab olamiz. Piyozni esa yarim halqa qilib to'g'raymiz.

Go'shtni tog'orachaga solamiz, ustidan piyoz, 2 osh qoshiq o'simlik yog'ini solib, tuz va murch sepamiz. Aralashtirib, 20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Baqlajon va bulg'or qalampirini katta-katta, achchiq qalampir va sarimsoq piyozni esa mayda qilib to'g'raymiz.

Pomidorlarni ikkiga bo'lib, qirg'ichdan chiqarib olamiz. Po'stini esa tashlab yuboramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Qozonga yog' quyib qizdiramiz va go'sht bilan piyozni solamiz.

Go'sht qizarguniga qadar qovurib, so'ng 100 millilitr suv quyamiz va olovni pasaytirib, go'sht yumshaguniga qadar dimlab pishiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

So'ng bulg'or qalampiri, achchiq qalampir, pomidor, pomidor pastasi, sarimsoq piyozni solamiz. Aralashtirib, 5 daqiqa dimlab pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ng baqlajonlarni solib, o'rtacha olovda 25-30 daqiqa davomida dimlab pishiramiz.

Tayyor bo'lishiga 2 daqiqa qolganda, to'g'ralgan ko'katlarni solib, ehtiyojga qarab, tuz sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

600 gramm mol go'shti
2-3 dona baqlajon
2 ta bulg'or qalampiri
2 ta piyoz
4 ta pomidor
4 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
2 osh qoshiq pomidor pastasi
ta'bga qarab achchiq qalampir
ta'bga qarab tuz
yarim bog' petrushka yoki kashnich
4-5 osh qoshiq o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: Cho’pchalarga terib pishirilgan ikki xil asosli somsa
keyingi
Qulupnay-yalpizli limonad

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.