Baqlajon va anor-yogurt aralashmasidan salat
Masalliqlar:
-
450 gramm baqlajon
-
3 osh qoshiq zaytun moyi
-
1 bog' yalpiz
-
1 osh qoshiq vino sirkasi
-
1 osh qoshiq anorli qayla
-
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
9 osh qoshiq smetana yoki shakarsiz yogurt
-
ustiga sepish uchun anor donachalari
-
ta'bga qarab tuz
-
qovurish uchun o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Noodatiy aralashma ko’pincha oddiy taomlarga ham juda ham lazzatli ta’m bag’ishlashga qodir. Bundan buyon yogurt va anorli qayladan tayyorlangan aralashma bizlarning eng sevimli qaylalarimizdan biriga aylandi.
Chunki bunday aralashmadan har qanday salat va gazaklar tayyorlashda foydalansa bo’ladi.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
450 gramm baqlajon | |
3 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 bog' yalpiz | |
1 osh qoshiq vino sirkasi | |
1 osh qoshiq anorli qayla | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
9 osh qoshiq smetana yoki shakarsiz yogurt | |
ustiga sepish uchun anor donachalari | |
ta'bga qarab tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |
Baqlajonlarni 1 sm qalinlikda parrak qilib to'g'raymiz. Tovaga yog' quyib qizdiramiz. Yoniga kattaroq likopchaga qog'oz sochiq to'shab, tayyorlab qo'ysak, ortiqcha yog'ni shimib oladi.
Baqlajonlarni har bir tarafini 3-4 daqiqadan qovurib olamiz. Yog'ni esa birdaniga emas, balki aksincha oz-ozdan keraklicha quyib, pishiramiz.
Anorli aralashmasiga:
Yalpiz va sarimsoq piyozni mayda to'g'rab olamiz. Bitta idishga solib, ustidan zaytun moyi va anorli qaylani quyamiz. Tuz sepib, aralashtirib olamiz.
Baqlajonlarni likopchaga teramiz, ustidan yogurt va anorli aralashmadan quyamiz. Anor donachalarini sepamiz. Tayyor!
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
450 gramm baqlajon | |
3 osh qoshiq zaytun moyi | |
1 bog' yalpiz | |
1 osh qoshiq vino sirkasi | |
1 osh qoshiq anorli qayla | |
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
9 osh qoshiq smetana yoki shakarsiz yogurt | |
ustiga sepish uchun anor donachalari | |
ta'bga qarab tuz | |
qovurish uchun o'simlik yog'i |