Banan, kivi va kefirdan tayyorlanilgan smuzi
Masalliqlar:
-
400 millilitr kefir
-
2 ta banan
-
2 ta kivi
-
2 choy qoshiq asal
Yo’nalishlar
Kivi va banan qorishmasidan tayyorlaniladigan smuzidan yozni eslatib turuvchi ajoyib tropik hid taraladi. Foydali masalliqlarni o’z ichiga olgan bu ichimlik sog’lom ovqatlanish tarkibiga ham kiradi.
Bu smuzini kefirda tayyorlashdan aslo cho’chimang, ta’mi sut yoki yogurtda tayyorlanilganidan deyarli farq qilmaydi.
Umuman smuzini deyarli barcha mevalardan tayyorlash mumkin, qo’l ostingizda mavjud masalliqlardan tayyorlang va mazali ta’mdan bahra oling.
Tayyorlaniladigan ichimlikka taxminan 15 000 so’m pul sarflaysiz.*
*mahsulot narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Kefirni ldindan sovutgichga qo'yib, sovutib oling.
Mevalarni yuvib, po'stini archamiz va bo'laklarga bo'lamiz.
to'g'ralgan bananlarni 15 daqiqa muzlatgichga olib qo'ysak, tayyorlaydigan smuzimiz yanada ajoyib chiqadi.
So'ng barcha masalliqlarni blender idishiga solamiz va maydalab olamiz.
Tayyor smuzini stakanlarga quyamiz, yalpiz va mevalar bilan bezatamiz.
Tayyorlanilgandan so'ng darrov iste'mol qilish kerak. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning o'zbek tilidagi telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.