fbpx
Apelsinli sharlotka

Apelsinli sharlotka

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Yorqin ranglarga boy apelsinli sharlotka ham ta’m jihatidan olmali sharlotkadan umuman qolishmaydi.

Bir necha masalliqlardan tayyorlaniladigan bu pirog o’zining mayin ta’mini bilan barchani birdek xursand qiladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 12 000 so’m sarf qilinadi.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
130 gramm un
150 gramm shakar
4 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim maydalangan dolchin
1 dona apelsin
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum oqini sarig'idan ajratib olamiz. Tuxum oqini shakar bilan birgalikda yaxshilab ko'pirtirib olamiz. Tuxum sarig'ini esa alohida o'zini ko'pirtiramiz. So'ng ikkala massani birlashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Un va qabartmani elab solamiz, dolchin va vanilindan ham sepamiz. Oshxona lopatkasida ehtiyotkorlik bilan aralashtirib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni qolipga quyamiz. Apelsinni po'stini archib, o'zini teng 8 bo'lakka bo'lamiz va pirog ustidan terib chiqamiz.

Qadam 4
Tugallandi

180 C darajada qizigan pechda 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 8
  • Oddiy
  • 180 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
130 gramm un
150 gramm shakar
4 ta tuxum
1 choy qoshiq vanil shakari
1 choy qoshiq qabartma
bir chimdim maydalangan dolchin
1 dona apelsin
oldingi
Tovuq go’shti va makkajo’xorili salat
keyingi
Shampinyonli parhezbop salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.