Apelsin sharbati solib pishirilgan keks
Masalliqlar:
-
200 gramm sariyog'
-
160 gramm shakar
-
380 gramm un
-
4 ta tuxum
-
bir chimdim tuz
-
1.5 choy qoshiq qabartma
-
200 millilitr apelsin sharbati
-
2 ta apelsin po'sti
-
100-150 gramm shokoladli tomchilar
Yo’nalishlar
Apelsin sharbati solinadigan bu keks mayin va biroz namroq bo’lib pishadi. Agarda siz ham apelsinlarni sevib iste’mol qilsangiz, unda bu keks sizga ham albatta yoqadi.
Tayyorlanadigan yegulikka taxminan 35 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
200 gramm sariyog' | |
160 gramm shakar | |
380 gramm un | |
4 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
1.5 choy qoshiq qabartma | |
200 millilitr apelsin sharbati | |
2 ta apelsin po'sti | |
100-150 gramm shokoladli tomchilar |
Sariyog'ni eritamizva biroz sovutib olamiz.
Tuxum va shakarni mikser yoki venchik yordamida biroz ko'pirtirib olamiz.
Eritilgan sariyog'ni quyib, aralashtirib olamiz.
Apelsin sharbati va po'stini solib, aralashtiramiz.
Qabartma va unni elab solamiz va aralashtirib olamiz. Xamir silliq holatga kirishi kerak.
Shokoladli tomchilarni ham solamiz.
Pishiradigan qolipimizga sariyog' surtamiz, ozroq un sepamiz.
Xamirni qolipga quyib, 180 C darajada qizigan pechda, 30-40 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
200 gramm sariyog' | |
160 gramm shakar | |
380 gramm un | |
4 ta tuxum | |
bir chimdim tuz | |
1.5 choy qoshiq qabartma | |
200 millilitr apelsin sharbati | |
2 ta apelsin po'sti | |
100-150 gramm shokoladli tomchilar |