fbpx
Amerikancha olmali pirog

Amerikancha olmali pirog

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

  • Bezatish uchun:

Yo’nalishlar

Xamiri yupqa, ko’pgina asosli piroglarni bizlar juda yaxshi ko’ramiz. Amerikancha olmali pirog ham aynan shundaydir.

Olmalar dolchin va muskat yong’og’i bilan yaxshi uyg’unlashadi.

Tayyorlaniladigan taomga taxminan 34 000 so’m sarf qilinadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
320 gramm un
2 osh qoshiq shakar
yarim choy qoshiq tuz
170 gramm muzdek sariyog'
170 gramm sovuqroq qaymoqli pishloq
3 osh qoshiq 35 %li yog'li qaymoq
Asosiga:
5-6 ta olma
100 gramm shakar
60 millilitr limon sharbati
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
40 gramm un
yarim choy qoshiq maydalangan gvazdika
yarim choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
Bezatish uchun:
surtish uchun tuxum sarig'i
sepish uchun shakar
sepish uchun maydalangan dolchin
Qadam 1
Tugallandi

Kattaroq idishga un, shakar va tuzni solamiz. Ustidan sariyog'ni qirg'ichdan chiqarib solamiz, qaymoqli pishloqni ham solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni yaxshilab ishqalab olamiz. 1 osh qoshiqdan qaymoq solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamirni teng ikkifa bo'lib, yelim qog'ozga solamiz va 1 soatga sivutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Xamirni bittasini olib, yupqa yoyamiz va aylanasi 24-26 sm li qolipga joylashtiramiz. So'ng sovutgichga olib qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Olmalarni po'stini archib, qirg'ichning katta tishchasidan chiqaramiz. Kattaroq idishga olma, un, shakar, ziravorlarni solib, aralashtirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Yoyilgan xamir ustidan asosni solib tekislaymiz va ikkinchi xamirni ham yoyib, ustini yopamiz. Chetlarini yopishtiramiz va havo chiqishi uchun bir nechta joyini sal-sal kesamiz. Tuxum sarig'idan surtib, dolchin va shakardan sepamiz.

Qadam 7
Tugallandi

180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 60 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
320 gramm un
2 osh qoshiq shakar
yarim choy qoshiq tuz
170 gramm muzdek sariyog'
170 gramm sovuqroq qaymoqli pishloq
3 osh qoshiq 35 %li yog'li qaymoq
Asosiga:
5-6 ta olma
100 gramm shakar
60 millilitr limon sharbati
2 choy qoshiq maydalangan dolchin
40 gramm un
yarim choy qoshiq maydalangan gvazdika
yarim choy qoshiq maydalangan muskat yong'og'i
Bezatish uchun:
surtish uchun tuxum sarig'i
sepish uchun shakar
sepish uchun maydalangan dolchin
oldingi
Multivarkada pishirilgan behi va go’shtli taom
keyingi
Qovoq va go’shtli toblatma

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.