fbpx
O’rama xonim

O’rama xonim

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Xonimni sevuvchilar diqqatiga! Bugungi darsimizda o’rama xonim pishirishni ko’rsatib beramiz. Yupqa xamirli, ichi to’la asosli bu taomni yemabsiz bu dunyoga kelmabsiz!Ko’pchilik bu taom qanday tayyorlanilishini bilsa kerak, lekin shunday bo’lsada, bizning usul sal boshqacharoq. Kelinglar, endi tayyorlashga o’tsak!

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
350 gramm un
120-150 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Asosiga:
300 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
2 ta qizil sabzi
2 ta kartoshka
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab zira
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Un va tuzli suv bilan xamir qoramiz. Xami yumshashi uchun ustidan 2 qoshiq o'simlik yog'i surtamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Ustini yopib 30 daqiqaga tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Xamir tingunicha ichidagi asosni tayyorlab olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Barcha sabzavotlarni mayda to'rtburchak shaklda to'g'rab chiqamiz. Katta idishga solamiz va ustidan qiymani ham solamiz. Ziravorlarni sepib, o'simlik yog'ini quyamiz va yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni olib yupqa yoyamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Ichiga qiymali aralashmani bir tekis solib chiqamiz va ruletga o'xshab o'rab chiqamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor ruletni yog'langan mantiqosqonga qo'yamiz va 45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qadam 8
Tugallandi

Pishgan xonimlarni pichoq bilan kesamiz va likopga terib chiqamiz.
Tayyor ovqatni ko'katlar yoki pomidorli qayla bilan dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • 90 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamiriga:
350 gramm un
120-150 millilitr iliq suv
1 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
Asosiga:
300 gramm mol go'shtidan qiyma
2 ta piyoz
2 ta qizil sabzi
2 ta kartoshka
3 osh qoshiq o'simlik yog'i
ta'bga qarab zira
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Qo’ziqorin va pishloq qo’shilgan tovuqli taom
keyingi
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda quymoq pishirish

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.