Videoretsept: Afg’oncha napoleon
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
400 gramm un
-
250 gramm margarin yoki sariyog'
-
180 gramm shakar
-
6 ta tuxum sarig'i
-
2 osh qoshiq smetana
-
1 choy qoshiq qabartma
-
1 choy qoshiq vanil
-
bir chimdim tuz
-
Bezesiga:
-
6 ta tuxum oqi
-
300 gramm shakar
-
Kremiga:
-
1 banka quyultirilgan qaynatilgan sut
-
250 gramm yumshatilgan sariyog'
-
150 gramm yong'oq
Yo’nalishlar
Bugun sizlarga ko’pchilikning sevimli pishiriqlaridan biri bo’lmish, afg’oncha napoleonni tayyorlashni ko’rsatib bermoqchimiz.
Bu pishiriq uchun kerakli masalliqlar har bir ro’zg’ordan topilishi shubhasiz bo’lib, pishirish jarayonining soddaligi esa quvontiradi. Shunday qilib, videolavhani tomosha qiling va bunga o’zingiz guvoh bo’ling!
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gramm un | |
250 gramm margarin yoki sariyog' | |
180 gramm shakar | |
6 ta tuxum sarig'i | |
2 osh qoshiq smetana | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil | |
bir chimdim tuz | |
Bezesiga: |
|
6 ta tuxum oqi | |
300 gramm shakar | |
Kremiga: |
|
1 banka quyultirilgan qaynatilgan sut | |
250 gramm yumshatilgan sariyog' | |
150 gramm yong'oq |
Unni ustidan qabartma, vanil va tuzni solamiz va hammasini elab olamiz.
Margarin yoki sariyog'ni qirg'ichdan chiqaramiz va un bilan birga qo'lda aralashtiramiz.
Ustidan tuxum sarig'i, shakar va smetanani solib xamir qoramiz.
Xamirimiz o'rtacha yumshoqlikda bo'ladi.
Xamirni to'rtga bo'lamiz va ustini oziq-ovqat pelyonkasi bilan yopib, 30-60 daqiqaga sovutgichga olib qo'yamiz.
Beze
Tuxum oqini yaxshilab ko'pirtiramiz, oz-ozdan shakar solamiz va ko'pirtirishda davom etamiz.
Undagi shakar oxirigacha erishiga e'tibor qarating.
Xamirni sovutgichdan olamiz va pergament qog'oz ustiga qo'yib, yoya boshlaymiz.
Xamirni qo'lda yoki o'qlovda aylana shaklida yoyamiz. Aylana kattaligi 20-22 sm bo'lsin.
Yoygan xamirlarimizni ustiga bezedan surtib chiqamiz va qoshiq yordamida tekislaymiz.
Har bir bezeli xamirlarni 160 C darajada 40 daqiqadan pishirib olamiz.
Krem
Yumshagan sariyog'ni yaxshilab ko'pirtiramiz va quyultirilgan sutni ham solib, yana ko'pirtirishda davom etamiz.
Pishgan korjlarimiz ustidan kremlarni surtamiz, maydalangan yong'oqni seppamiz.
Xuddi shunday qilib tortlarni ustma-ust yig'amiz.
Tort ustini esa eritilgan shokolad, mevalar bilan bezatishingiz, yoki shunchaki qoldirisingiz mumkin. Tortni tortishdan avval kamida 5-6 soatga sovutgichda saqlash tavsiya qilinadi. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
400 gramm un | |
250 gramm margarin yoki sariyog' | |
180 gramm shakar | |
6 ta tuxum sarig'i | |
2 osh qoshiq smetana | |
1 choy qoshiq qabartma | |
1 choy qoshiq vanil | |
bir chimdim tuz | |
Bezesiga: |
|
6 ta tuxum oqi | |
300 gramm shakar | |
Kremiga: |
|
1 banka quyultirilgan qaynatilgan sut | |
250 gramm yumshatilgan sariyog' | |
150 gramm yong'oq |