fbpx
Tovuqli kapkeyklar

Tovuqli kapkeyklar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Bugun ozishni xohlovchilar yoki to’g’ri ovqatlanish tartibiga rioya qiluvchilar uchun ajoyib retseptni taqdim qilamiz. Bu retseptni yozib olsangiz, xohlagan vaqtingizda undan foydalanaverasiz!

Aytgancha, bu kapkeyklarni 2 yoshdan oshgan bolalarga ham pishirib bering va ularning maza qilib yeyishiga guvoh bo’lasiz.

Masalliqlar:

400 gramm tovuq go'shti (lahm)
100 gramm qizil boshli karam
100 gramm kartoshka
200 gramm qovoq
1 bog' shivit
1 dona tuxum
ta'bga qarab tuz va murch
Qadam 1
Tugallandi

Tovuq go'shtini go'sht qiymalagichdan o'tkazamiz yoki oshxona kombayni yordamida maydalab olamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Barcha sabzavotlarni ham tozalab, xuddi shunday maydalab olamiz.

Maydalab bo'lgach, ularni tuz va murchini rostlab, tovuq go'shti bilan aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hosil bo'lgan aralashmaga tuxumni solamiz va aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qiymani tayyorlab olgunimizcha, mantiqosqonga suv solib, gaz pechi ustiga qo'yamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Tayyor qiymani kapkeyklarga mo'ljallangan silikonli qolipchalarga solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

So'ng ularni mantiqosqonga teramiz va 30 daqiqa davomida bug'da pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pishgan foydali yegulikni salatlar yoki biron xil gazaklar bilan iste'mol qilishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

400 gramm tovuq go'shti (lahm)
100 gramm qizil boshli karam
100 gramm kartoshka
200 gramm qovoq
1 bog' shivit
1 dona tuxum
ta'bga qarab tuz va murch
oldingi
Pomidor va ismaloq qo’shib tayyorlanilgan pasta
keyingi
Milly kafesidan retsept: Nisuaz salati

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.