Brauni
Masalliqlar:
-
250 gramm qora shokolad
-
150 gramm sariyog'
-
150 gramm shakar
-
120 gramm un
-
1 osh qoshiq kakao
-
3 ta tuxum
-
bir chimdim tuz
Yo’nalishlar
Brauni – AQSHdan kirib kelgan yumshoq va nam pirog bo’lib, shokoladni sevuvchilarga juda ham yoqishi aniq.
Eslatma! Brauni xamirini ko’pirtirish kerak emas, uni faqatgina qoshiqda aralashtirish talab qilinadi. Aynan o’shanda biz kerakli natijaga erishamiz.
Masalliqlar:
250 gramm qora shokolad | |
150 gramm sariyog' | |
150 gramm shakar | |
120 gramm un | |
1 osh qoshiq kakao | |
3 ta tuxum | |
bir chimdim tuz |
Shokolad bilan sariyog'ni suv bug'ida eritamiz va biroz sovutib olamiz.
Tuxum bilan shakarni aralashtiramiz va shokoladli aralashmaga solamiz.
Alohida idishda un, kakao va tuzni aralashtirib olamiz.
So'ng quruq va suyuq aralashmalarni birlashtiramiz.
Xamirni pergament qog'oz to'shalgan to'rtburchak qolipga solamiz. (Bizning qolipning o'lchami 25x15)
180 C da qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Uzoq muddat pishirib yubormang, bu pishiriqning o'rtasi biroz namroq qolishi kerak. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.