Videoretsept: bananli pudding
Masalliqlar:
-
3 ta banan
-
200 millilitr yog'li qaymoq
-
50 gramm shakar upasi
-
2 ta tuxum oqi
-
1 osh qoshiq asal
-
50 gramm pechenye
-
30-50 gramm eritilgan shokolad
Yo’nalishlar
Bugungi bananli puddingimiz siz azizlarga yoqadi degan umiddamiz, chunki bu shirinligimiz juda ham mazzali.
Juda ham tez tayyor bo’ladigan bu shirinlik, kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishganda ayni muddao. Bolajonlaringiz uchun bundanda mazali shirinlik tayyorlay olmaysiz, ishonavering!
Masalliqlar:
3 ta banan | |
200 millilitr yog'li qaymoq | |
50 gramm shakar upasi | |
2 ta tuxum oqi | |
1 osh qoshiq asal | |
50 gramm pechenye | |
30-50 gramm eritilgan shokolad |
Bananlarni bo'laklarga bo'lamiz va blenderni idishiga solib, ustidan asalni quyamiz.
Silliq holatga kirgunicha blebnderda yaxshilab ezamiz.
Alohida idishda qaymoqni yaxshilab ko'pirtirib olamiz.
Bananlar bilan ko'pirtirilgan qaymoqni aralashtirib olamiz.
Alohida idishga tuxum oqi va shakar upasini solib, yaxshilab ko'pirtiramiz.
Ko'pirtirilgan tuxum oqi va bananli massani ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.
Tayyor massani idishchalarga solib chiqamiz va ustini maydalangan pechenye va eritilgan shokolad bilan bezaymiz. Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
3 ta banan | |
200 millilitr yog'li qaymoq | |
50 gramm shakar upasi | |
2 ta tuxum oqi | |
1 osh qoshiq asal | |
50 gramm pechenye | |
30-50 gramm eritilgan shokolad |