fbpx
  • Asosiy
  • Videoretsept: limonli shirinlik
Videoretsept: limonli shirinlik

Videoretsept: limonli shirinlik

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Mayin va chiroyli, qaymoqli ta’m va limon iforli bu shirinlik barchaga yoqishi aniq. Uning ajoyib ko’rinishi barchani hayratda qoldiradi va dasturxoningniz bezagiga aylanadi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta limon qalin po'stloqlik
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
75 gramm shakar
30 millilitr limon sharbati
yarim limon sedrasi
1 choy qoshiq vanil shakari
yalpiz (myata)
Qadam 1
Tugallandi

Limonlarni uzunasiga o’rtasidan bo’lamiz. Ichini olib tashlab po’stlog’ini qoldiramiz. YUmshoq qismidan sharbatini ezamiz.
Maslahat: katta va qalin po’stli limonlarni tanlang, misol uchun «Argentina» limoni.

Qadam 2
Tugallandi

Idishda qaymoq, shakar, vanil shakariva limon sedrasini birlashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Massani past olovda, shakar eriguncha, isitamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Massani olovdan lib, limon sharbati qo’shamiz. Yaxshilab aralashtiramiz, massa brio quyulishi kerak.

Qadam 5
Tugallandi

Massani sitodan o’tkazib, limon po’stlog’i ichiga quyamiz va sovutgichga 1 soatga qo’yamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor shirinlikni yalpizo barglari bilan bezatamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 5
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
3 ta limon qalin po'stloqlik
200 gramm 35 %li yog'li qaymoq
75 gramm shakar
30 millilitr limon sharbati
yarim limon sedrasi
1 choy qoshiq vanil shakari
yalpiz (myata)
oldingi
Videoretsept: julyen somsa
keyingi
Videoretsept: tarvuzdan limonad

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.