fbpx
Milly kafesidan retsept: Anorli choy

Milly kafesidan retsept: Anorli choy

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Milly kafesining bu ichimligi juda ham xushbo’y va betakror ta’mga egadir. Aytgancha, anorli choy immunitetni ko’taruvchi ajoyib ichimlik hisoblanadi.

Uill Smit va Jenifer Lopes bunday ichimliklarning haqiqiy shinavandasi sanalishar ekan. Bunday choyni Milly kafesida ichib ko’rishingiz yoki ularning retseptlari asosida uyda o’zingiz tayyorlashingiz ham mumkin.

Masalliqlar:

Portsiya:
200 millilitr anor sharbati
200 millilitr olcha sharbati
200 millilitr uzum sharbati
1 ta paketcha qora choy
40 gramm limon
10 gramm badyan
10 gramm dolchin
10 gramm maydalangan muskat yong'og'i
10 gramm zanjabil
80 gramm asal
Qadam 1
Tugallandi

Choynakka zanjabilni mayda to'g'rab solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Limon, asal va qolgan ziravorlarni solamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Olchali, uzumli va anorli sharbatlarni qizdirib olamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Choynikka choyni solamiz va ustidan qaynoq sharbatlarni solamiz.

Hammasini yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Choyni tortishdan oldin, 20 daqiqaga tindirib qo'ying.

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

Muallif: Sitora

  • 20 daqiqa
  • Portsiya 2
  • Oddiy

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
200 millilitr anor sharbati
200 millilitr olcha sharbati
200 millilitr uzum sharbati
1 ta paketcha qora choy
40 gramm limon
10 gramm badyan
10 gramm dolchin
10 gramm maydalangan muskat yong'og'i
10 gramm zanjabil
80 gramm asal
oldingi
Uy sharoitida popkorn tayyorlash
keyingi
Qizil sabzidan ajoyib pirog

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.