fbpx
Videoretsept: teriyaki tovuq bilan iliq salat

Videoretsept: teriyaki tovuq bilan iliq salat

Masalliqlar:

  • Sous uchun

  • Qovurish uchun

Yo’nalishlar

Teriyaki tovug’i qo’shilgan oson va tez salat dasturxoningiz bezagi bo’lishi aniq. Salat ham sovuq ham issiq holatda mazalidir, va ayniqsa osiyo taomlarini sevuvchilarga yoqadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tovuq filesi
2 ta bodring
1 ta qizil bulg'or qalampiri
yarim bog' Aysberg salat bargi
10 millilitr zaytun yog'i
5 gramm oq kunjut
Sous uchun
1 osh qoshiq "Слобода" ketchupi
2 osh qoshiq soya qaylasi
1 osh qoshiq asal
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Qovurish uchun
15 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Bodring va bulg’or qalampirini katta somoncha shaklida to’g’raymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Aysberg barglarini qo’lda har-xil shaklda yertamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovuqni o’rtacha kubik shaklida to’g’raymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Sous uchun ketchup, soya qaylasi, asal va maydalangan sarimsoqpiyozni aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Zaytun yoki o’zimlik yog’ida tovuqni qizartirib qovuramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Sousni qo’shib, o’rtacha olovda 2-3 daqiqa davomida dimlaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Idishda aysberg salati, bodring va bulg’or qalapmirini birlashtiramiz. aytin yog’i qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Salatni tarelkaga solib, ustiga teriyaki tovug’ini solib, kunjut sepamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida..

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 2
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tovuq filesi
2 ta bodring
1 ta qizil bulg'or qalampiri
yarim bog' Aysberg salat bargi
10 millilitr zaytun yog'i
5 gramm oq kunjut
Sous uchun
1 osh qoshiq "Слобода" ketchupi
2 osh qoshiq soya qaylasi
1 osh qoshiq asal
1 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
Qovurish uchun
15 millilitr zaytun yoki o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: gruzincha tovuq«Shkmeruli»
keyingi
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda sinnabonlar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.