fbpx
Videoretsept: «Bushe» pishirig’i

Videoretsept: «Bushe» pishirig’i

Taomlari:

Masalliqlar:

  • Biskvit uchun

  • Glazur uchun

  • Krem uchun

Yo’nalishlar

Mayin, yumshoq va biroz nam biskvit, yengil krem va mazali shokoladli glazur – mashxur fransuz «Bushe»pishirig’ida ajoyib uyg’unlik yaratib barchaga yoqishi aniq. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvit uchun
3 ta "365 kun» tuxumi
90 gramm "365 Kun" uni
60 gramm "365 Kun" shakari
Glazur uchun
50 gramm qora shokolad
40 gramm "365 Kun" qaymog'i
Krem uchun
200 gramm "365 Kun" qaymog'i
60 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
Qadam 1
Tugallandi

Tuxumni oqini sarig’idan ajratamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Idishda tuxum oqi bilan shakarni mikser yordamida ko’pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Birma-bir tuxum sarig’ini qo’shib, yana ko’pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Elangan unni oz-ozdan qo’shib, lopatka yordamida ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamirni qandolat qopchasiga solib, pergament qog’ozi ustiga 5-6 santimetr diametrdag 20 ta dumaloqcha chiqaramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Biskvitlarni 180C darajada 20-25 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 7
Tugallandi

Qora shokoladni eritib, qaymoq qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

10 ta biskvitni shokolad glazuriga botirib muzlatgichga 5-10 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Idishda qaymoq, shakar upasi va vanil shakarini birlashtiramiz. Mikser yordamida ko’pirtiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Biskvit ustiga qandolat qopchasi yordamida krem chiqaramiz, ustini glazurlik biskvit bilan berkitamiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor shirinlikni sovutgichga 15 daqiqaga qo’yib, so’ngra dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb

Reklama huquqi asosida.

  • 2 soat
  • Portsiya 10
  • O’rtacha
  • 180C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Biskvit uchun
3 ta "365 kun» tuxumi
90 gramm "365 Kun" uni
60 gramm "365 Kun" shakari
Glazur uchun
50 gramm qora shokolad
40 gramm "365 Kun" qaymog'i
Krem uchun
200 gramm "365 Kun" qaymog'i
60 gramm shakar upasi
1 choy qoshiq vanil shakari
oldingi
Videoretsept: «Midiya» paxlavasi
keyingi
Videoretsept: yaponcha moti shirinligi

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.