fbpx
Videoretsept: shivit qo’shilgan pishloqli bulochkalar

Videoretsept: shivit qo’shilgan pishloqli bulochkalar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Ustiga surtish uchun

Yo’nalishlar

Pishloq va shivitli nachinkali mini—bulochkalar – yumshoq, mayin va cho’ziluvchan nachinkali. Mazali pishloqli bulochkalar tez tayyorlanadi, xamirturush qo’shilmasligiga qaramay ular sovuq holatda ham yumshoq va havodor qoladi.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
350 gramm "365 Kun" uni
200 millilitr "365 Kun" kefiri
1 ta "365 kun» tuxumi
60 gramm "365 Kun" sariyog’i yumshatilgan yoki eritilgan
10 gramm qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
Nachinka uchun
150 gramm qattiq pishloq
75 gramm qaymoqli pishloq
1 bog' shivit
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
Ustiga surtish uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
30 gramm "365 Kun" sariyog’i eritilgan
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
yarim bog' shivit
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Iliq kefirga tuz va yumshatilgan sariyog’ qo’shamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Oz-ozdan elangan un va qabartma qo’shamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Yumshoq, qo’lga yopishmaydigan xamir qoramiz. Xamirni paket yoki plyonkaga o’rab 15-20 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Shivitni maydalab, pishloqni qirg’ichdan chiqaramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Shivit bilan 2 xil pishloqni yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Hosil bo’lgan massadan 18 ta mayda dumaloqcha yasaymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Bulochka tayyorlaymiz

Xamirni ham 16 qismga bo’lamiz. Har birini yoyib, o’rtasiga nachinkani qo’yamiz, dumaloq shaklda bulochka yasab, chetlarini chimchilaymiz.

Qadam 8
Tugallandi

Bulochkalarni pergament qog’ozi solingan patnisga terib, ustiga tuxum sarig’i va suv aralashmasini surtamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Bulochkalarni 190С darajada 25-30 daqiqa davomida pishiramiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ustini bezatamiz

Kichkina idishda eritilgan sariyog’, maydalangan shivit va sarimsoqpiyozni birlashtiramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Bu aralashmani issiq bulochkalar ustiga surtib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o'zbek tilida): t.me/korzinka_uzb

Reklama huquqi asosida.

  • 2 soat
  • Portsiya 16
  • O’rtacha
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
350 gramm "365 Kun" uni
200 millilitr "365 Kun" kefiri
1 ta "365 kun» tuxumi
60 gramm "365 Kun" sariyog’i yumshatilgan yoki eritilgan
10 gramm qabartma (razrixlitel)
1 choy qoshiq tuz
Nachinka uchun
150 gramm qattiq pishloq
75 gramm qaymoqli pishloq
1 bog' shivit
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
Ustiga surtish uchun
1 ta tuxum sarig'i +1 ch.q suv
30 gramm "365 Kun" sariyog’i eritilgan
1 dona sarimsoqpiyoz tishchasi
yarim bog' shivit
oldingi
Videoretsept: «Isroilcha» salat
keyingi
Videoretsept: qovoqchadan tovuqli pasta

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.