fbpx
Videoretsept: jigarli nachinkali kartoplyaniklar

Videoretsept: jigarli nachinkali kartoplyaniklar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Qovurish uchun

Yo’nalishlar

Kartoplyaniklar kartoshka pyuresidan turli-xil nachinkalik o’rtacha kotletalardir. Bu kartoshkalik kotletlarni ham gazak sifatida, ham mustaqil taom sifatida iste’mol qilish mumkin. Juda mazali va mayin jigarli nachinkali kartoplyaniklar retseptini sizga taqdim etamiz. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 50 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
6 ta kartoshka
1 ta tuxum
200 gramm un
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
Nachinka uchun
300 gramm jigar
1 ta piyoz
30 gramm sariyog'
1 ta rozmarin shoxchalari
100 millilitr qaymoq
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
Qovurish uchun
200 gramm un
150 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Jigarni plyonkasidan tozalab, o’rtacha bo’laklarga bo’lib, 20 daqiqaga tuzli suvga solamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Piyozni maydalab, sariyog’da qovuramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Jigar qo’shib 3-4 daqiqa davomida qovuramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Qaymoq, tuz, murch va rozmarin qo’shib, 3 daqiqa davomida dimlaymiz.

Qadam 5
Tugallandi

Rozmarinni olib tashlab, nachinkani blender yordamida pashtet holatiga keltiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Kartoshkani tozalab, qaynatamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tayyor kartoshkani pyure holatiga keltirib, sariyog’, tuxum, tuz, murch va paprika qo’shib aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Qo’lni yog’lab, kartoshkali xamirdan o’rtacha xajmda dumaloq chalpak yasaymiz.

Qadam 9
Tugallandi

O’rtasiga nachinka solib, pirojka shaklida yasaymiz.

Qadam 10
Tugallandi

Ularni unga bulab, o’simlik yog’ida har tomonini 4 daqiqadan qovuramiz.

Qadam 11
Tugallandi

Tayyor kartoplyaniklarni issiq yoki iliq holda, xohishga ko’ra smetana bilan, dasturxonga tortish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 6
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
6 ta kartoshka
1 ta tuxum
200 gramm un
1 choy qoshiq tuz
0,5 choy qoshiq qora murch
0,5 choy qoshiq quritilgan qalampir (paprika)
Nachinka uchun
300 gramm jigar
1 ta piyoz
30 gramm sariyog'
1 ta rozmarin shoxchalari
100 millilitr qaymoq
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
Qovurish uchun
200 gramm un
150 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: mikroto’lqinli pechda shokoladli keks
keyingi
Videoretsept: karamellangan piyoz va qo’ziqorinli qatlama tart

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.