Videoretsept: syurprizlik pechenyelar
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
250 gramm yumshatilgan sariyog'
-
130 gramm shakar upasi
-
8 gramm vanil shakari
-
2 ta tuxum
-
530 gramm un
-
30 gramm makkajo'xori kraxmali
-
Nachinka uchun
-
30 gramm qandolat bezagi
-
Glazur uchun
-
200 gramm shakar upasi
-
1 ta tuxum oqi
-
1 choy qoshiq limon sharbati
-
ozuqaviy bo'yoqlar
Yo’nalishlar
Ichida syurprizlik qumoq pechenyelarni pishirib ko’rishni tavsiya qilamiz. Yorqin, ajoyib pechenye nafaqat kichkintoylarga, balki kattalarga ham juda yoqadi, va bayramingizni rang-barang va mazali qiladi. Quyidagi masalliqlardan 12-14 dona pechenye chiqadi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
250 gramm yumshatilgan sariyog' | |
130 gramm shakar upasi | |
8 gramm vanil shakari | |
2 ta tuxum | |
530 gramm un | |
30 gramm makkajo'xori kraxmali | |
Nachinka uchun |
|
30 gramm qandolat bezagi | |
Glazur uchun |
|
200 gramm shakar upasi | |
1 ta tuxum oqi | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
ozuqaviy bo'yoqlar |
Chuqur idishda yumshoq sariyog’, shakar upasi va vanil shakarini mikserda ko’pirtiramiz.
Tuxum qo’shib yana ko’pirtiramiz.
Elangan un va kraxmal qo’shib yumshoq xamir qoramiz. Xamirni sovutgichga yarim soatga qo’yamiz.
Qulaylik uchun xamirni 2 ga bo’lamiz. 1 qismini ustiga pergament qog’ozi berkitib 3-5 millimetr qalimlikda yoyamiz.
Qolip yoki stakan yordamida dumaloqchalar kesib chiqamiz. Har bir dumaloqcha o’rtasida qoshiq yordamida, ezib, chuqurcha hosil qilamiz.
Dumaloqchalarni pergament qog’ozi solingan patnisga terib 15-20 daqiqa davomida 180C darajada pishiramiz.
Tuxum oqi va shakar upasini birlashtiramiz. Mikserda aralashtirib, limon sharbati qo’shamiz.
Glazurni 2-3 qismga bo’lamiz. Har bir qismga istalgan rangdagi ozuqa bo’yog’ini bir chimdimdan qo’shib aralashtiramiz.
Pechenye o’rtasidagi chuqurchaga qandolat bezagini sepamiz. Chetiga krem surtib ikkinchi pechenye bilan berkitib yopishtiramiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
250 gramm yumshatilgan sariyog' | |
130 gramm shakar upasi | |
8 gramm vanil shakari | |
2 ta tuxum | |
530 gramm un | |
30 gramm makkajo'xori kraxmali | |
Nachinka uchun |
|
30 gramm qandolat bezagi | |
Glazur uchun |
|
200 gramm shakar upasi | |
1 ta tuxum oqi | |
1 choy qoshiq limon sharbati | |
ozuqaviy bo'yoqlar |