Videoretsept: ismaloq va feta pishloqli toblatma
Masalliqlar:
-
100 gramm ismaloq
-
60 millilitr 35 %li yog'li qaymoq
-
5 ta tuxum
-
50 gramm feta pishlog'i
-
tabga ko'ra tuz
-
5 dona toster noni
-
50 millilitr o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Ismaloq va feta pishloqli toblatma – ko’katlar mavsumida har kungi taomnomaga yangiliklar qo’shish uchun a’lo tanlov. Tuxum qo’shilganligi sababli, u to’yimli, ismaloq esa uni foydali qiladi. Bunday toblatma, ayniqsa, issiq holatda mazalidir.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
100 gramm ismaloq | |
60 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
5 ta tuxum | |
50 gramm feta pishlog'i | |
tabga ko'ra tuz | |
5 dona toster noni | |
50 millilitr o'simlik yog'i |
Ismaloq barglarini yaxshilab yuvib, salfetka yordamida quritib, katta qilib to’g’raymiz.
Ismaloq barglari va qaymoqni birlashtirib, aralashtiramiz. Xohishga ko’ra bir chimdim tuz qo’shishingiz mumkin.
Aralshmani kichkina qoliplarga solamiz.
Har biri ustiga tuxum chaqamiz. Tuxum sarig’i o’rtada bo’lishi kerak.
180C gacha qizdirilgan pechga 15 daqiqaga qoliplarni qo’yamiz. Tuxum oqi pishishi kerak. sarig’i esa suyuqligicha qolishi kerak.
Tost uchun nonni o’simlik yog’ida ikki tomonini qizartirib qovuramiz.
Feta pishlog’ini qirg’ichdan chiqarib, toblatma ustiga sepamiz.
Masalliqlar:
100 gramm ismaloq | |
60 millilitr 35 %li yog'li qaymoq | |
5 ta tuxum | |
50 gramm feta pishlog'i | |
tabga ko'ra tuz | |
5 dona toster noni | |
50 millilitr o'simlik yog'i |