fbpx
Videoretsept: mini-chebureklar

Videoretsept: mini-chebureklar

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Qovurish uchun

Yo’nalishlar

Kichik hajmdagi go’shtli nachinkali suvli, ishtahaochar va qarsillagan chebureklar. Bunday chebureklar oldida o’zingizni to’xtatish mumkin emas, asosiysi – ularni tayyorlash juda oson. Ushbu masalliqlardan 25-27 dona cheburek chiqadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
500 gramm un
50 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
250 millilitr qaynoq suv
Nachinka uchun
250 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta piyoz
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
100 millilitr muzdek suv
Qovurish uchun
500 millilitr o'simlik yog'i
Qadam 1
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Chuqur idishga unni elaymiz. Tuz va o’simlik yog’i qo’shamiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qaynoq suv qo’shib oldin lopatka ypki qoshiq bilan, keyin qo’l bilan aralashtiramiz. Stol ustida yaxshilab yumshoq xamir qoramiz. Plyonka yoki paket bilan berkitib, 30 daqiqaga qoldiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Piyozni mayda to’g’raymiz. Qiyma, piyoz, tuz va murchni aralashtiramiz. Oxirida muzdek suv qo’shib, yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Cheburek tayyorlaymiz

Xamirni 2 millimetr qalinlikda yoyamiz. 7 santimetr diametrdagi dumaloqchalar kesib chiqamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Dumaloqcha o’rtasiga nachinkani solib. ikkinchi xamir bilan berkitamiz. Chetlarini sanchqi yordamida ezib, yopishtirib chiqamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Cheburek qovuramiz

Yog’ni baland olovda qizdiramiz, so’ng olovni pastlatamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Chebureklarni 2 daqiqadan har tomonini aylantirib qovuramiz. Chebureklarni yog’ini shimib olishi uchun qog’oz salfetka ustiga teramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Tayyor mini-chebureklarni issiqligida iste’mol qilishni tavsiya etamiz. Xohishga ko’ra smetana bilan dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 2 soat
  • Portsiya 8
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
500 gramm un
50 millilitr o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
250 millilitr qaynoq suv
Nachinka uchun
250 gramm mol go'shtidan qiyma
1 ta piyoz
2 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq qora murch
100 millilitr muzdek suv
Qovurish uchun
500 millilitr o'simlik yog'i
oldingi
Videoretsept: oq shokolad va bodom qo’shilgan sabzili pechenye
keyingi
Videoretsept: pechda pishirilgan «Берлинер» ponchiklari

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.