Videoretsept: shokoladli pankeyklar
Masalliqlar:
-
2 ta tuxum
-
50 gramm shakar
-
250 millilitr iliq sut
-
50 gramm "Milter" 82,5% sariyog’i
-
170 gramm un
-
30 gramm kakao kukuni
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
bir chimdim tuz
-
50 gramm qora shokolad
Yo’nalishlar
Shokoladli pankeyklar ajoyib ta’m va xushbo’y shokolad iforiga ega. Eng shirin nonushta yoki tamaddi, ayniqsa bolalar uchun. Oila a’zolaringiz uchun lazzatli pishiriqni choy yoki qahva bilan nonushta uchun tayyorlang – bu kunni boshlashni eng yaxshi yo’li.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 20 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
50 gramm shakar | |
250 millilitr iliq sut | |
50 gramm "Milter" 82,5% sariyog’i | |
170 gramm un | |
30 gramm kakao kukuni | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
bir chimdim tuz | |
50 gramm qora shokolad |
Chuqur idishda tuxum bilan shakarni yaxshilab ko’pirtirib olamiz.
Tuz, eritilgan sariyog’ va sut qo’shib, ko’pirtiramiz.
Elangan un, kakao va qabartma qo’shib aralashtiramiz.
Maydalangan shokolad qoshib yana aralashtiramiz.
Xamirli idishni ustini qopqoq yoki plyonka bilan berkitib, 15 daqiqaga qoldiramiz.
Xamir tingandan so’ng, tagiga olmaydigan tovani qizdiramiz, olovni o’rtacha qilamiz.
Quruq tovaga osh qoshiq yordamida xamirni solamiz, oladya shaklida. Bir pankeyk uchun 2-3 osh qoshiq xamir kerak bo’ladi.
Pankeyk ustida pufakchalar paydo bo’lishi bilan, ehtiyotkorlik bilan uni aylantirib, ikkinchi tomonini pishiramiz.
Pankeyklarni iliq holatda eritilgan shokolad bilan dasturxonga tortish mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Reklama huquqi asosida..
Instagram: @milter.uz
Telegram: t.me/milter_uz
YouTube: Milter/Uzbekistan
Masalliqlar:
2 ta tuxum | |
50 gramm shakar | |
250 millilitr iliq sut | |
50 gramm "Milter" 82,5% sariyog’i | |
170 gramm un | |
30 gramm kakao kukuni | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
bir chimdim tuz | |
50 gramm qora shokolad |