fbpx
Batafsil fotoretsept: tvorogli xachapuri

Batafsil fotoretsept: tvorogli xachapuri

Masalliqlar:

  • Xamir uchun

  • Nachinka uchun

  • Ustiga surtish uchun

Yo’nalishlar

Oila uchun oson va mazzali nonushta. Tvorogli xachapurini oldindan tayyorlab, dasturxonga tortishdan oldin esa pechda, tovada yoki mikroto’lqinli pechda isitish mumkin. Albatta, issiqligida ular mazzaliroq, ammo sovuq holatda ham juda shirin va tamaddi uchun qulay. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
200 millilitr iliq suv
4 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
30 gramm sariyog'
60 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
330 gramm un
Nachinka uchun
360 gramm 5-9 % li tvorog
1 ta tuxum
1 bog' shivit
0,5 choy qoshiq tuz
Ustiga surtish uchun
1 ta tuxum sarig'i
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 osh qoshiq suv
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamir tayyorlaymiz

Idishda iliq suv, shakar, tuz, o’simlik yog’i va eritilgan sariyog’ni aralashtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Elangan unga xamirturushni qo’shamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Suyuq masalliqlarga unni ko’proq qismini qo’shib, aralashtiramiz. Xamirni qo’lda aralashtirib, unni qolgan qismini oz-ozdan qo’shamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir yumshoq, biroz qo’lga yopishadigan bo’lishi kerak. Ustini sochiq bilan berkitib, 1 soatga qoldiramiz.

Qadam 6
Tugallandi

Nachinka tayyorlaymiz

Shivitni yuvib, quritib, mayda qilib to’g’raymiz.

Qadam 7
Tugallandi

Tvorog, tuxum, maydalangan shivit va tuzni aralashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Oshgan xamirni unlangan stolga olib, 5 qismga bo’lamiz.

Qadam 9
Tugallandi

Xar bir qismni 0,5 sm qalinlikda yoyamiz.

Qadam 10
Tugallandi

Chalpak o’rtasiga nachinkaning 5 dan 1 qismini solib, xamir chetlarini o’rtaga ko’tarib, qopcha shaklida chetlarini chimchilaymiz.

Qadam 11
Tugallandi

Qopchani ustidan ehtiyotkorlik bilan yoyamiz. Pergament qog’ozi solingan patnisga teramiz.

Qadam 12
Tugallandi

Tuxum sarig’iga suv va o’simlik yog’i qo’shib, aralashtiramiz.

Qadam 13
Tugallandi

Xachapuri tepasini tuxum sarig’i bilan surtib, 190 °С gacha qizdirilgan pechga 25-30 daqiqaga qo’yamiz. Biroz sovutib, dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Reklama huquqi asosida..

  • 1 soat 30 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 190 °С

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
Xamir uchun
200 millilitr iliq suv
4 gramm Dr.Oetkerdan tez ta'sir etuvchi xamirturush
30 gramm sariyog'
60 millilitr o'simlik yog'i
0,5 choy qoshiq tuz
2 choy qoshiq shakar
330 gramm un
Nachinka uchun
360 gramm 5-9 % li tvorog
1 ta tuxum
1 bog' shivit
0,5 choy qoshiq tuz
Ustiga surtish uchun
1 ta tuxum sarig'i
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 osh qoshiq suv
oldingi
Oshqovoqdan sho’rva
keyingi
Videoretsept: qisqichbaqa tayoqchalaridan guruch va makkajo’xorilik salat

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.