fbpx
Batafsil fotoretsept: malina qo’shilgan limonli pechenye

Batafsil fotoretsept: malina qo’shilgan limonli pechenye

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Malina mevalari, limon sharbati va sedrasi qo’shilgan yumshoq va mayin pechenye. Juda oson va tez – 30 daqiqada tayyorlanadigan pishiriq.  

Tayyor taomning taxminiy narxi – 30 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
115 gramm yumshatilgan sariyog'
200 gramm shakar
1 ta tuxum
1 osh qoshiq limon sharbati
1 osh qoshiq limon sedrasi
1 choy qoshiq vanilin
1 choy qoshiq qabartma
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
200 gramm un
80 gramm malina
Qadam 1
Tugallandi

Barcha masalliqlarni tayyorlaymiz.

Qadam 2
Tugallandi

Yumshoq sariyog’ni shakar bilan ko’pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Limon sharbati, sedrasi va tuxum qo’shib yana 1-2 daqiqa ko’pirtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

Vanilin, qabartma, soda va un qo’shib yana mikserda aralashtiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Malina qo’shib silikon lopatka yordamida 1-2 harakat bilan ehtiyotkorlik bilan aralashtiramiz. Malina quruq bo’lishi kerak.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor xamirni muzlatgichga 10-20 daqiqaga qo’yamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Pergament qog’ozi solingan patnisga sovutilgan xamirni, muzqaymoq uchun qoshiq yordamida, qo’yamiz. Dumaloqchalar orasida masofa qoldiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

190C gacha qizdirilgan pechda 15-18 daqiqa davomida qizartirib pishiramiz. Pechenye chetlari qattiqroq, o’rtasi esa yumshoq bo’lishi kerak.

Qadam 9
Tugallandi

Tayyor pechenye 10 daqiqa davomida patnisda sovugandan so’ng dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 30 daqiqa
  • Portsiya 8
  • O’rtacha
  • 190C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
115 gramm yumshatilgan sariyog'
200 gramm shakar
1 ta tuxum
1 osh qoshiq limon sharbati
1 osh qoshiq limon sedrasi
1 choy qoshiq vanilin
1 choy qoshiq qabartma
0,5 choy qoshiq iste'mol sodasi
200 gramm un
80 gramm malina
oldingi
Pesto qaylasi ostida pishirilgan tovuq filesi
keyingi
Makkajo’xori «qovurg’achalari»

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.