fbpx
Tarvuz va bodringli yozgi salat

Tarvuz va bodringli yozgi salat

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Tarvuz, bodring, tvorogli pishloq, yalpiz va rayhondan tayyorlanadigan ajoyib salat. Bunday masalliqlar aralashmasi ajablantiradi. Ammo bu foydali yengil salatni bir marta ta’tib ko’rsangiz sevimli yozgi taomingizga aylanadi. 

Tayyor taomning taxminiy narxi – 25 000 so’m. 

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tarvuz
2 ta bodring
1 bog' yalpiz
1 bog' rayhon
50 gramm tvorogli pishloq
2 osh qoshiq asal
3 osh qoshiq limon sharbati
2 osh qoshiq zaytun yog'i
bir chimdim tuz
Qadam 1
Tugallandi

Piyolada asal, limon sharbati, zaytun yog’i va tuzni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Tarvuzni po’stlog’i va danaklaridan tozalaymiz va kubik shaklida to’g’raymiz. Bodringni ham kubik shaklida to’graymiz.

Qadam 3
Tugallandi

Rayhon va yalpiz barglarini maydalaymiz.

Qadam 4
Tugallandi

Salat uchun idishda barcha masalliqlarni aralashtiramiz va ustidan qaylani quyamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Choy qoshiq yordamida tvorogli pishloqni salatga qo’shib, dasturxonga tortamiz.
Tvorogli pishloq o’rniga mini motsarella, fetaksa yoki brinza ishlatish mumkin.

Yoqimli ishtaha!

  • 15 daqiqa
  • Portsiya 3
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
300 gramm tarvuz
2 ta bodring
1 bog' yalpiz
1 bog' rayhon
50 gramm tvorogli pishloq
2 osh qoshiq asal
3 osh qoshiq limon sharbati
2 osh qoshiq zaytun yog'i
bir chimdim tuz
oldingi
Batafsil fotoretsept: olcha va shtreyzellik tvorogli pirog
keyingi
Videoretsept: chumoli uyi «muraveynik» pishirig’i

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.